O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aliyeva Dilbar G‘aniyevna

    Alieva Dilbar G‘anievna 1957 yil 28 oktyabrda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan.
    1980 yilda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutini bitirgach, Namangan shahridagi To‘qimachilik texnikumida maxsus fanlar o‘qituvchisi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 1982 yildan to hozirga qadar Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida katta o‘qituvchi lavozimidan dotsent lavozimigacha ishlab kelmokda.1991 yilda «Kompleks ko‘rsatkichlarni tanlash va tabiiy inak sifatini baholash» mavzusida nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1993 yildan 2000 yilgacha «To‘quvchilik», «To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi» kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. Dilbar Alievaning o‘ttizdan ortiq ilmiy maqolalari respublika nashrlarida chop etilgan, u mutaxassislik fanlaridan bakalavr va magistrant talabalarga ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, uning mashg‘ulotlari ilmiy va uslubiy tomondan barcha talablarga javob beradi. Mutaxassislik bo‘yicha kurs, bitiruv, malakaviy ishlarga, magistrlik dissertatsiyalariga maslahatchi va rahbarlikni yuqori saviyada olib boradi.
    Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining «To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi o‘qituvchisi, texnika fanlari nomzodi, dotsent D.R.Alieva ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan muntazam qatnashishga harakat qiladi. U 2000 yil «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar70



Filologiya10