Akademik, texnika fanlari doktori,
Toshkent politexnika universiteti professori
Qahramonimiz Allayev Qahramon Rahimovich Xorazm viloyatining Qo‘sh - Ko‘pir tumanida 1945 yili tavallud topgan. Otasi Rahim aka va onasi Saodatlarning farzandlari: Egam, Jumanazar, Erkin, Qahramon va Karimberdi komil insonlar qilib tarbiyalashdi. Qahramon 1963 yilda Xiva shahridagi maktab internatni oltin medal bilan tugallab, shu yili Moskva energetika instituti talabasi bo‘ldi. 1969 yili oliygohning “Injener gidroenergetik – elektromexanik” mutaxasmsligini bitirib, jonajon yurtiga qaytdi va ish faoliyatini Tashkent politexnika institutining “Elektr tarmoqlari va tizimari” kafedrasida assistentlikdan boshladi...
Ilm yo‘lidan zahmatlarini munosib mukofotladi... 1979 yili fan nomzodi (Novosibirsk sh.), 1991 yili Moskva energetika institutida doktorlik disseratsiyalarini yoqladi. 1993 yili pro-fessor ilmiy unvonini oldi. Professor Allayev Q. R. elektr energetika tizimlarining (EET) rejimlarini chuqur tahlil qilish, ularni boshqarish, rivojlanishi va w bilan birga EETlarni energiya samaradorligi va ishonchliligi bag‘ishlangan ilmiy ishlari asosida halqaro ilmiy obro‘ga erishdi. Olimning 150 dan ortiq ilmiy ishlari: 18 monografiya, 13 avtorlik guvohnomasi va ko‘plab patentlari chop etilgan. Professor Q. R. Allayev boshchiligida 5 nafar texnika fanlari doktori, Yuksak fan nomzodlari yetishib chiqdi. Q. R. Allayev oliy ta’lim va ilm - fan tashkilotchisi - student, magistr, ilmiy xodimlarning ilmiy rahbari sifatida ilm ahlining e’tirofiga sazovor bo‘lgan inson. Professor dastlab, oliygohning energetika fakulteti dekan yordamchisi so‘ng dekani, prorektori (1992 1994), rektori (2001 - 2005) lavozimlarida xizmat qildi. 1994 - 2001 yillari oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritdi. Q. R. Allayev universitetda tashkil qilingan “Energo tejash texnologiyalari, tekshiruv - o‘lchash va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy laboratoriyasini tashkilotchisi va ilmiy rahbari hamdir. Shuningdek, ko‘p yillardan buyon fundamental, innovatsion, amaliy loyihalar rahbari bo‘lib kelmoqda. Olimning sa’yi - harakati bilan 10 ta ilmiy jurnal tashkil qilingan. Professor O‘zbekiston va Ukraina OAKlari tomonidan tan olingan “Energiya va resurs tejash muammolari” jurnalining bosh muharriridir. Bevosita B. R. Allayev boshchiligida universitetda magistrlar va yosh olimlar uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi kichik akademiya tuzilib, uning “Texnika yulduzlari” nomli ilmiy jurnali ham ish boshladi. Qahramon Rahimovich energetika sohasida fan doktori (DcS) va texnik yo‘nalishlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonlarini beruvchi ixtisoslashgan ilmiy Kengashining raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo va Tinch okeani hududi bo‘yicha energiya samaradorligi Komissiyasining a’zosi hamdir. Qahramon Allayev tashkil qilgan ilmiy maktabining yo‘nalishlari ko‘p qirrali va erishilgan asosiy ilmiy va amaliy natijalar ham beqiyosdir. Professor Kaxramon Rahimovich Allayev 1995 yilda Xalqaro elektrotexnika Akademiyasining haqiqiy azoligiga saylangan bo‘lsa, 1999 yili oliy ta’lim sohasidagi faoliyati uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 2017 yili esa O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Formoniga asosan O’zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining xaqitsiy a’zoligiga munosib ko‘rildi.
Xa, Qaxramon Allayevdek insonlar tutgan mash’alaning shulasi ortidan kelayotgan 4 nafar farzandi, 13 nafar nabirasi va yapa bir necha avlodning yo‘lini yoritishi muqarrar. Ayniqsa, u boshlagan xayrli amallarni davom ettira oladigan shogirdlari uning izini bossa - chi? Buning savobi 100 - 1000 barobar oshgay!