O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aminjonova Matluba Ahmedovna

Aminjonova Matluba Ahmedovna    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlari nomzodi, dotsent, “Shuhrat” medali sohibasi, “adliya maslahatchisi” Aminjonova Matluba Ahmedovna huquqshunoslik, qonunchilik sohasining yetuk olimalaridan.
    Matluba Aminjonova o‘z ish faoliyatini tashkilotda yurist - konsultant sifatida boshlagan.
    2008 yildan boshlab Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari katta o‘qituvchisi, Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash kafedrasi boshlig‘i, 2014 yildan hozirgi kunga qadar Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslari boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
    Olimaning bugunga qadar huquqiy yo‘nalishdagi 100 dan ortiq maqolalari va bir necha qo‘llanmalari ommaviy axborot vositalarida chop etilib, keng omma e’tiboriga havola qilingan.
     “Hotin - qizlar faolligining huquqiy kafolatlari”, “Yoshlarga g‘amxo‘rlik - porloq kelajak kafolati”, “Odam savdosi jinoyatlarining oldini olish masalalari”, “Germaniya davlati bilan xalqaro hamkorlik” “Demokratik saylov kafolati”, “Ayollarini e’zozlagan yurt”, “Protsessual muddatlar va ularga rioya etishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Sud buyrug‘ining o‘ziga xos xususiyatlari”, “Frantsiya davlatining sud - huquq tizimi”, “Jinoyat protsessida tortishuv - odil sudlov kafolati”, “Moddiy zararni qoplash unga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari”, “Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari” kabi maqolalari shular jumlasidandir.
    Shuningdek, 2013 - 2016 yillarda “Sovershenstvovanie straxovogo prava na mejdunarodnom riynke”, “Istoricheskie etap vozniknoveniya straxovoy deyatelnosti”, “Voprosiy sovershenstvovaniya straxovoy otvetstvennosti”, “Aktualnie
    voprosy sovershenstvovaniya zakonodatelstva po straxovaniyu v Respublike Uzbekistan” nomli maqolalari Rossiya Federatsiyasining bir qator  yuridik davriy nashrlarida ham e’lon qilindi.
    Dotsent Matluba Aminjonova tomonidan 1 ta  darslik (Grajdanskoe pravo. Hammualiflikda 2009 yil), 2 ta o‘quv qo‘llanma (“Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlikning kelib chiqish asoslari”, 2008 yil, “Sug‘urta shartnomasida majburiyatlarni ta’minlash masalalari” 2011 yil)  1 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma (“Fermer xo‘jaligi tashkil etishga oid qonunlarning bajarilishini nazorat qilish”. 2008 yil 2 ta monografiya) (Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta xizmati ko‘rsatishning fuqarolik huquqiy muammolari 2006 yil, “Sug‘urta shartnomasi taraflarining majburiyati va javobgarligi” 2012 yil) chop etilgan.
    Matluba Aminjonovaning “Sug‘urta shartnomasi taraflarining majburiyati va javobgarligi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetining muammoviy kengashiga tavsiya etildi. Uning ushbu dissertatsiya  mavzusi bo‘yicha chop etgan maqolalarida ilgari surgan takliflari qonun ijodkorligi faoliyatida keng foydalanilmoqda.
    U o‘zining ushbu dissertatsiya ishida sug‘urta shartnomasi taraflarining majburiyatlari va javobgarligini takomillashtirishga doir ilmiy  bir qator yangiliklarni ilgari surgan.
    Dotsent Aminjonova Matluba Ahmedovna  o‘zining ilmiy pedagogik faoliyati davomida boshqa Oliy o‘quv yurtlari bilan bilan hal hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
    Olima 2012-2015 yillarda Toshkent Davlat  yuridik universitetida davlat byudjeti asosida amalga oshirilayotgan “Sud - huquq islohotlari sharoitida fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida ham ishtirok etib, fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessual qonunchiligini takomillashtirishga doir ilmiy izlanish olib bordi.
    Matluba Aminjonova oilali, ikki nafar farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5