O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Andapo‘latov Muhammadjon

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

    1950 yil 25 avgustda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1968 yili Farg‘ona  shahridagi 25 - o‘rta maktabni tamomladi. 1968 yili Farg‘ona davlat  pedagogika institutining fizika-texnika  fakultetiga o‘qishga kirib, 1973 yili uni muvaffaqiyatli tugatgach, umumiy fizika kafedrasida assistenti  lavozimida ishga qoldirildi. 1977 yili O‘zRFA qoshidagi Mexanika va inshootlarning  seysmik  mustahkamligini tekshirish  institutiga aspiranturaga kirdi va 1988 yili nomzodlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari  nomzodi ilmiy darajasini, 1993 yilda dotsent ilmiy unvonini  oldi.
  1989 yilda industrial - pedagogika fakulteti  dekani  lavozimida ishlagan. 1993 yili universitet o‘quv metodik boshqarmasi boshlig‘i, 1994 yilda esa umumtexnika  fakulteti dekani lavozimiga o‘tkazildi. 1995 yili texnika  fanlari va mehnat talimi uslubiyoti kafedrasi dotsenti, 1997 yildan universitet o‘quv bo‘limi  boshlig‘i lavozimida  ishladi. 1998 yili o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlik vazifasiga tayinlandi. 2000 - 2002 yillarda kafedra  dotsenti, 2002 - 2004 yillarda fizika - texnika  fakulteti  dekani, 2004 - 2014 yillarda fizika kafedrasi dotsenti  lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. O‘z faoliyati davomida 5 ta mualliflik guvohnomasini  oldi, 40 ortiq ilmiy va o‘quv metodik qo‘llanmalar chop ettirdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5