O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Arifjonova Dilafruz O‘ktamovna

Arifjonova Dilafruz O‘ktamovna    Ayol egallagan sohalar bisyor... Muhimi u qay sohani egallamasin, yuragining bir bo‘lagini, qalb qo‘rini bera oladi. Bunday ayollarni qalbi olov, fidoyi deydilar va bu xislatlar ortidan u maqsadlari sari yeta oladi, muvaffaqiyatlarga erisha boradi. Arifjonova Dilafruz O‘ktamovna ham ana shunday xislatlari ortidan ilm yo‘lidan borib, yuksak natijalarga erisha olgan olima ayollardan.
Arifjonova Dilafruz O‘ktamovna  1996 yili Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlab "Muhandis konstruktor" mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli diplomga ega bo‘lgan. 1996-2000 yillarda «O‘zbek yengilsanoat» Davlat aktsionerlik kompaniyasining «Modalar markazi»da kiyim konstruktori lavozimida ishlagan, So‘ngra TTYeSIning «Tikuv buyumlar texnologiyasi» kafedrasi aspiranti, «O‘zbek ipagi» DAKda «Korxonalarni rivojlantirish va rekonstruktsiyalash» bo‘limi bosh mutaxassisi, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti «Tikuv buyumlar texnologiyasi va dizayn» kafedra assistenti, tashqi aloqalar bo‘limi uslubchisi, 2012 yildan «Ipak texnologiyasi» kafedrasi katta ilmiy xodimi, doktorantizlanuvchi vazifalarida mehnat qildi. 2015 yildan hozirgacha "TRANSFER OF TECH" nodavlat ta’lim muassasasi direktori lavozimida ishlamoqda. Nodavlat ta’lim muassasasi 2012 yildan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlari - o‘n bitta o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, kiyim libosi dizayni va konstruktsiyasi bo‘yicha.
Arifjonova Dilafruz O‘ktamovna iste’dodli olima, 2004 yili "Ipak matosining yangi assortimentidan ayollar kiyimini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish" mavzusidagi dissertatsiyasini yoqlab, texnika fanlari nomzodi darajasiga ega bo‘ldi va 2015 yilning dekabrida "Jun va aralash matolardan ayollar kiyimlarini ishlab chiqarishning kopleks texnologiyasipi yaratish" mavzusidagi texnika fanlari doktori darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasipi muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertatsiya tadqiqotida quyidagi ilmiy natijalarni olgan: xom ashyo - mato-kiyim tizimini qo‘llashga asoslangan, jun va aralash matolardan ayollar kiyimini uyg‘un loyihalash va ishlab chiqarishning yangi uslubini, libosning shakl hosil qilish xususiyatini tezkor aniqlovchi, mato g‘ovakdorligini hisoblashning yangi usulini, jun va aralash matolardan ko‘p turli ayollar libosi to‘plamini tuzishning tamoyillari va uni shakllaptirish uslubini yaratgan, sanoat namunasi tayyorlangan; Chop qilingan ilmiy ishlari 40 dan ziyod bo‘lib, jumladan 6 tasi xorijiy jurnal va to‘plamlarda chop etilgan, 3 ta ixtirosiga patent olgan.
Dilafruz O‘ktamovna jamoat ishlarida faol, Respublika "Olima" ayollar uyushmasi a’zosi. Oilali, uchta farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar60



Filologiya10