
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilib - o‘sib, o‘sha yerda universitetni tug‘atib, o‘z ilk mehnat faoliyatini, pedagogik va ilmiy ishlarini o‘sha yerdan boshlagan Arslanbayeva Zoya Yer - nazarovna 2001 yilda Toshkent shahri M. Ulug‘bek nomidag‘i O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa” fakulteti “Ijtimoiy falsafa” kafedrasi doktoranti bo‘ldi. Ushbu yildan bugungi kunga qadar O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat institutida o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda.
2003 yili “Ilmiy bo‘lim” mudiri lavozimiga o‘tgach, uning tashkilotchilik qobiliyati, topshirilgan vazifani mas’uliyat bilan bajara olish qobiliyati institut rahbariyatining ishonchini oqladi. Shu sababli unga doimo turli mavzulardagi ilmiy - amaliy seminar va halqaro ahamiyatga molik anjumanlarni o‘tkazish vazifasi topshiriladi. Jumladan, “Oila” mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy - amaliy konferentsiyasi, san’atshunos mutahassislar masalalariga bag‘ishlang‘an Respublika ilmiy - nazariy konferentsiyalari yuqori darajada o‘tkazildi va mavzuga oid maqolalar to‘plami chop etildi. Zoya Aryulanbayevaning‘ 50 dan ortiq ilmiy izlanishlari mavjud. Jumladan, Chehiya, Rossiya, Qozog‘iston va Respublika miqyosida chop etilgan ilmiy maqolalar, O‘zbekiston Milliy Universitetida o‘tkazilg‘an xalqaro anjuman va konferentsiyalarida faol ishtirok etib sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Kafedra tashabbusi bilan bir necha yillardan buyon an’anaviy tarzda magistrlar o‘rtasida “San’at masalalari - yoshlar nigohida” mavzusida ilmiy - nazariy konferentsiya o‘tkazilmoqda.
Kafedrada 2007 yil – “Estetika” va “Madaniyat nazariyasi va tarixi” ixtisosliklari bo‘yicha aspirantura ochildi va bugungi kunda 6 nafar stajyor tadqiqotchi - izlanuvchi tahsil olmoqda. Shulardan 2 nafar stajyor tadqiqotchi - izlanuvchining dissertatsiyasi kafedrada muhokama etilib, Ixtisoslashgan Qengashga tavsiya etildi.
2008 yil “Yoshlar yili”ga bag‘ishlab kafedra professor - o‘qituvchilarining bevosita tashabbusi bilan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ijtimoiy - gumanitar fanlarning‘ o‘rni” mavzuida respublika ilmiy - amaliy anjumani o‘tkazildi va bug‘ung‘i kung‘a qadar bu tadbir an’anaviy tarzda davom kelmoqda.
Kafedra professor - o‘qituvchilari doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalariga taqrizlar beradi, opponentlik va rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan byudjetlar tanlovida kafedra a’zolari tomonidan taqdim etilg‘an “Odatnoma” innovatsiya loyihasi g‘olib chiqdi hamda muvaffaqiyatli yakunlandi.
Kafedra O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining “Etika va estetika” hamda “Pedagogika va psixologiya” kafedralari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, Sharqshunoslik institutining “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan o‘quv - uslubiy va ilmiy - tadqiqot ishlari bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Olimaning ilmiy - tadqiqot faoliyati quyidagilardan iborat:
3 ta xalqaro anjumanlar to‘plamlarida ilmiy maqola; “Falsafa qomusiy lug‘ati”da hammualliflik asosida maqola; 2 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflik asosida); 2 ta o‘quv - uslubiy tavsiyalar; 1 ta fan bo‘yicha ishchi dastur (qoraqalpoq tilida); g‘azetadagi maqolalari; 26 ta ilmiy jurnallardagi maqolalar; “Estetika entsiklopedik lug‘ati”da hammualliflik asosida maqola (lug‘at nashrga tayyorlanmoqda).
Kafedra professor - o‘qituvchilari institut va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy - amaliy konferentsiyalarda muntazam ravishda ishtirok etib boradilar.
Zoya Armslanbayeva do‘stlariga, talabalariga va jamoaga mehribon, g‘amxo‘r, tirishqoq inson. Farzandlariga mehribon ona. Har qanday qiyin vaziyatlardan oqilona tarzda chiqib ketish va barcha bilan tez til topishib ketishga harakat qiladi. Bugungi kunda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib, nafaqat kafedra a’zolari, balki butun institut jamoasi orasida hurmat va e’tiborga sazovor.