O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Arzimatova Inoyatxon Madimarovna

Arzimatova Inoyatxon MadimarovnaFalsafa fanlari nomzodi, dotsent

    1969 yil 18 sentyabrda Rishton shahrida tavallud topgan. Tumandagi 1 - sonli o‘rta maktabni tugatgach, 1986 yili Xarkov (Ukraina) davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirib, 1991 yili Farg‘ona davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. Hozirda Farg‘ona davlat universiteti falsafa kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
  I.Arzimatovamehnatfaoliyatini 1991yiliOltiariq tumanidagi 36 - o‘rta ta’lim maktabida rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi lavozimidan boshladi. 1996 yili Farg‘ona davlat universiteti rektori referenti lavozimida, 1997 - 2000 yillarda FarDU qoshidagi 11 - sonli litsey - internatda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida ishladi. 2000 yili esa falsafa tarixi yo‘nalishi bo‘yicha 3 yillik kunduzgi aspiranturaga o‘qishga qabul qilindi.
  Ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, 2011 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Birlashgan Ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “Shaxs estetik madaniyatini yuksaltirishda ijtimoiy - ma’naviy omillarning o‘rni” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga 2011 yili falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasi va 2015 yili falsafa kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.
  I.Arzimatova 2004 yildan hozirgi vaqtgacha falsafa kafedrasi o‘qituvchisi (2004 - 2011), katta o‘qituvchisi (2011 - 2014), dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ana shu yillar mobaynida falsafa fanlari doktori, professor Mahmud Abdullayev rahbarligida “Estetik madaniyat” (Toshkent, 2007) ilmiy risolasi, “Estetik madaniyat va ma’naviy kamolot” (Toshkent, 2009) monografiya
  I.Arzimatova barkamol avlod tarbiyasi va falsafaning dolzarb muammolariga oid 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy - publitsistik maqolalar, bir necha o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5