O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Asqarov Akbar Asqarovich

    Asqarov Akbar Asqarovich (1902.25.10 (7.11), Toshkent - 1978.9.5) - terapevt, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956). 1927 yil O‘rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan. Toshkent tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1941 yildan). Asqarov ko‘p yillar davomida me’da-ichak kasalliklari etiologiyasi, klinikasi va davolash (ayniqsa o‘zbek taomlaridan tuzilgan parhez yordamida) usullari ustida ilmiy ishlar olib borgan. Asqarovning ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, o‘t pufagi va jigar kasalliklari ustida olib borgan ilmiy ishlari tibbiyot nazariyasi va amaliyotini boyitgan. Ibn Sino “Tib qonunlari” asarining o‘zbekcha nashriga mas’ul muharrir va ruscha nashrining tahrir hay’ati a’zosi bo‘lgan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri uning nomiga qo‘yilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar70



Filologiya5