Pedagogika fanlari nomzodi
1954 yil 29 martda Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi 1- maktabni 1970 yili tugatgach, Farg‘ona davlat pedagogika institutining matematik fakultetiga o‘qishga kirdi. Bu fakultetni 1976 yili alo baholar bilan tugatib, Marg‘ilon shahridagi maktablarda matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshladi.
Ilmiy ish bilan shug‘ullanish maqsadida 1990 yili Farg‘ona davlat universitetining matematika o‘qitish metodikasi kafedrasiga o‘qituvchi bo‘lib keldi va 1994 yildan katta o‘qituvchi lavozimida mehnat qildi.
1998 yili “Tayanch maktablarning 9 - sinfi algebra kursida test topshiriqlari tuzish va yechish printsiplarini takomillashtirish“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi, 2002 yili esa dotsent unvoniga sazovor bo‘ldi.
1999 yili matematika fakultetida manaviy – marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2001 - 2009 yillarda Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi litsey –internet direktori va umumiy matematika kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan.