O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Asqarxodjayeva Karimaxon Usmonjonovna

Asqarxodjayeva Karimaxon Usmonjonovna    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Informatika va menejment” kafedrasining dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Asqarxodjayeva Karimaxon Usmonjonovna o‘z ilmiy faoliyatini pedagogika bilan bog‘lagan, o‘z egallagan sohasida olgan bilimlari, tajribalarini yosh avlodga berib kelayotgan olima - pedagog ayollardan.
  Karimaxon Asqarxodjayeva 1980 yil Tosh DU (Hozirgi O‘zMU)ning Biologiya fakultetini  bitirdi va biologik fanlar bo‘yicha o‘qituvchi va biolog - ekolog mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
  So‘ngra O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutining kunduzgi aspiranturasiga qabul qilindi. Karimaxon Asqarxodjayeva 1986 yil nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi va O‘zbekiston FA Zoologiya institutining yetakchi ilmiy xodimi bo‘lib ishlay boshladi. Ilmiy ishlari ekologik izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lib, “O‘zbekistonda uchraydigan kasalliklar tarqatuvchi qon parazitlarini ekologiyasi” mavzusida bo‘ldi. Ilmiy ishlar davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik hayvonlari o‘rtasida uchraydigan infektsion va invazion kasalliklar tarqatuvchi yangi tur parazitlar aniqlandi va ilmiy izlanishlar natijasida shu parazitlarga qarshi kurash choralari tavsiya etilib, xo‘jaliklarda amalga oshirildi.
  Olima Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Informatika va menejment” kafedrasida 2006 yildan beri ishlaydi. 2006, 2009, 2012 - 2014 yillarda Malaka oshirish kurslarida o‘qib, sertifikatlar oldi.
  Dotsent Karimaxon Usmonjonovna biologik fanlar bo‘yicha rus va o‘zbek tillarda ma’ruzalar va amaliy darslar olib boradi. Bu fanlarga doir bir nechta ishchi va namunaviy dasturlar yaratgan.
  U bir necha o‘quv qo‘llanmalar va 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
  Jumladan, “Ekologiya i oxrana prirodiy”, “Ekologiya i oxrana okrujayushey sredi”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” o‘quv qo‘llanmalari.
  Olima Xalqaro va respublika ekolog olimlari bilan doimiy hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib boradi. Xalqaro ilmiy loyihalarning faol ishtirokchisi.
  Dotsent Karimaxon Asqarxodjayeva Badiiy Akademiya tamonidan bir necha bor faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Institut jamoa ishlarida faol qatnashadi, “Ibn Sino” nomidagi tibbiy ekologik markazining faol xodimi bo‘lib, talabalar orasida ekologik va valeologik tarbiya ishlarini olib boradi.
  Karimaxon Asqarxodjayeva o‘zining intiluvchanligi, bilimi, samimiyligi, ishga o‘ta mas’uliyat bilan yondoshishi bilan jamoa va talabalar o‘rtasida hurmat - e’tiborga sazovor.
  Karimaxon oilali, ikki farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5