Diloromxon yoshligidan onasiga havas bilan o‘sdi. Ayollar ichida birinchi professor farmakolog, respublika xotin-qizlar ko‘mitasida ham katta obro‘ga ega bo‘lgan S.S.Azizovaga havas qilmay ham bo‘lmas edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u maktabni tugatgach, o‘ylab ham o‘tirmay hujjatlarini O‘rta Osiyo Meditsina pediatriya institutiga topishirdi. So‘ngra yana onasining olimlik, ustozlik ishinii davom ettirib, avval tibbiyot fanlari nomzodi, so‘ng doktorlik dissertatsiyalarini yoqladi. Pediatriya sohasida 6 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik ishiga rahbarlik qildi. Professorlik unvoniga erishdi. U o‘z faoliyatini 1-Toshkent Tibbiyot institutida boshlab, so‘ng Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida kafedra mudiri sifatida ishladi. Hozirgi kunda D.Axmedova Toshkent Meditsina pediatriya institutida ilmiy ishlar prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmokda. U mutaxassis sifatida yuqori malakaga ega bo‘lib, kasallarga muntazam maslaxat beradi, sanaviatsiya bo‘yicha bemor bolalarga yordam beradi. Davlatimizning siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy xayoti bilan yaxshi tanish. «Sog‘lom avlod», «Oila va bola» davlat dasturlarini xayotga tatbiq etish bo‘yicha Davlat koordinatsion kengashi a’zosi bo‘ldi. Yetakchi mutaxassislar va O‘zR Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari bilan xamkorlikda «Sixat-salomatlik yili» (2005) ning Davlat dasturlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashgan, bir necha bor Oliy Majlisda respublikamizda sog‘lom avlodni shakllantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha ishtirok etgan. O‘zRSSV ning Bosh pediatri sifatida respublikada bolalar sog‘lig‘ini ximoya kilish masalalariga raxbarlik qiladi.
Dilorom Ilxomovna zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishning tashabbuskoridir. So‘nggi 3 yil davomida uning raxbarligida bolalarga shoshilinch holatlarda shifoxonagacha bo‘lgan bosqichda malakali va maxsus yordam ko‘rsatish ishlab chiqilgan. Shuningdek, Dilorom Ilhomovna rahbarligida «5 yoshli bolalarda sekrenutrientlar, ayniqsa A darmondori taqchilligining oldini olish» bo‘yicha dasturni ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Respublikaning barcha regionlarida yiliga 2 marta «Sog‘lom bola haftaligi» ni o‘tkazish ishida ham u bosh-qosh. U xalqaro loyiha bo‘lmish Oziqlantirishni yaxshilash bo‘yicha Global Alyans (Shvetsariya) loyihasini ishlab chiquvchilarning biridir. Bu loyiha bolalar va fertil yoshidagi ayollarda anemiyaning oldini olishda unni fortifiksatsiyalashga qaratilgan. Hozirgi kunda mazkur loyiha Davlat dasturiga kiritilgan.
So‘nggi uch yil davomida u 1- ToshMI (hozirgi TTA)da O‘zRVOAK eksperti lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, u O‘zR Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va yangi texnologiyalar markazi ekspert kengashining a’zosidir.
Tinib-tinchimas olima, murabbiy Dilorom Ilhomovna yana ko‘p ezgu ishlarni rejalashtirgan. Ularni amalga oshirishda omad tilaymiz.