O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Axmedshina Faniya Avzalovna

Axmedshina Faniya Avzalovna    Xalqaro Antigue Word ilmiy akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori, A.Qodiriy nomidagi  Jizzax davlat pedagogika instituti professori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi Faniya Avzalovna Axmedshina 1939 yil 29 sentyabrida Boshqirdistonning Chekmagush tumanida ziyoli oilasida tavallud topdi, U taniqli olim, professor Y. N Alekserov rahbarligida O‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy madaniy aloqalari tarixi mavzusidagi ilmiy ishini yozishga kirishdi. Bu davrda yosh olima ikki turkiy  respublika - O‘zbekiston va Ozarbayjonning qardoshlik, birodarlik tarixi, iqtisodiy, ilmiy - madaniy aloqalariga bag‘ishlangan o‘nlab maqolalar yozdi. 1967 yilda Faniya Avzalovna Axmedshina SAMDU qoshidagi ilmiy kengashda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ishga Ozarbayjon opponentlari va O‘zbekiston olimlari yuqori  baho berdilar. O‘sha paytda SamDU rektori bo‘lgan akademik V. A. Abdullayev yosh tadqiqotchiga ilmiy izlanishlarida oq yo‘l tiladi.
    Olima 1967 - 1995 yillarda Ozarbayjon Fanlar akademiyasi tarix institutida ilmiy faoliyat olib boradi. Ana shu o‘ttiz yil davomida olima turli xalqaro simpoizum, konfrensiya va seminarlarda faol ishtirok etdi.
    Ozarbayjon FA Tarix institutining fundamental tadqiqotlarida ishtirok etdi, monografiya va tadqiqotlarda hammuallif bo‘ldi. 1991 yil Faniya Avzalovna doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu  yildan boshlab u yangi tashkil etilgan Xazar universitetining professori vazifasida talabalarga ma’ruzalar o‘qiy boshladi, ilmiy faoliyatini pedagogik amaliyot bilan bog‘lab davom ettirdi.
    1995 yil Faniya Avzalovna turmush o‘rtog‘i, dotsent Dadash Bagishev va farzandlari bilan Jizzax shahriga ko‘chib keldi. Shu yildan boshlab Faniya Avzalovna Jizzax pedagogika instituti “Umumiy tarix” kafedrasining professori, dotsent Bagishev Dadash Hasan o‘g‘li  ingliz tili kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.
    Professor Axmedshina Faniya Avzalovna tez orada bilimdon olim, tajribali pedagog va tashkilotchi xodim  sifatida tanildi. U respublika, viloyat va shahar xotin - qizlari tashkilotlarida maslahatgo‘y, ishbilarmon ayollar qo‘mitasida faol qatnashchi sifatida tanildi.
    Ayni paytda professor F. A. Axmedshina yosh ilm ahillariga “Qadimgi dunyo tarixi” , “Tarix fani metodologiyasi”, “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi. “Gender asoslari: nazariya va amaliyot” mavzusida mualliflik dasturi asosida maxsus  kurs olib  boradi. U rahbarlik qilayotgan iqtidorli talabalardan uch nafari Navoiy nomli davlat stipendiyasi  sovrindori bo‘ldi. Olima rahbarligida iqtidorli talabalarning  to‘rtta  ilmiy ishlari  nashr qilindi. Domlaning shogirdlari hozirda AQSh, Germaniya, Avstriya,Yaponiya va Fransiya mamlakatlarida magistraturada ta’lim olmoqda .
    Professor  Axmedshina Faniya Avzalovna keyingi yillarda ham O‘zbekiston  xalqlari tarixi, qadimgi dunyo tarixi va jamiyat taraqqiyotida Gender tengligi muammolariga bag‘ishlangan  tadqiqotlari yo‘nalishida 6 ta qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon   qildi.
    Shuningdek , olima xalqaro simpoizumlarda, respublika ilmiy - amaliy konfrensiyalarida, respublika ilmiy - amaliy konfrensiyalarida, seminarlarda ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Olimaning ilmiy va pedagogik faoliyati hukumatimiz tomonidan  taqdirlangan. Uning xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Jizzax viloyat hokimligi, institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar, Xalq ta’limi a’lochisi nishoni bilan taqdirlandi. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10