Iqtisod fanlari doktori , prfessor, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq Markazi” direktori, universitet kengashi a’zosi Axunova Gulchehra Nazarovna o‘zining ko‘p yillik pedagogik faoliyati, ilm sohasiga qo‘shgan hissasi, mohir tashkilotchiligi, jamoat ishlaridagi faolligi, fan olamidagi salmoqli o‘rni bilan tanilgan yetuk olima.
Axunova Gulchehra Nazarovna 1965 yili ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning Jurnalistika fakultetini tugatgan, universitet aspiranturasida tahsil olgan.
1974 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya kilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.
1970 yildan 1991 yilgacha Toshkent davlat universitetida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida, dekan muovini va dekan vazifalarida ishlagan.
1993 yildan hozirga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq Markazi" direktori lavozimida ishlamoqda.
2004 yilda Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan.
1994 yilda Rossiya tashqi savdo akademiyasi oliy tijorat maktabini, 1999 yilda Xalqaro jamoatchilik tashkilotining "Mehnat va bandlik akademiyasini" tamomlab, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha diplom olgan.
2005 yildan 2011 yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
Olima o‘zining qariyib yarim asrlik pedagogik raxbarlik faoliyati mobaynida g‘amxo‘r murabbiy sifatida yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratib kelmokda. 2004 yilda "Ta’lim xizmatlari bozorida marketing faoliyati va uni takomillashtirish" mavzusi bo‘yicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Bugungi kunda uning rahbarligida 10 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. U respublikada iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash ishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Shogirdlari hozirgi kunda respublikamizning turli jabhalarida samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Izlanuvchan va innovatsiyalarni targ‘ib etuvch ushbu rahbar sa’y-harakatlari pirovardida markaz nafaqat respublikamiz miqyosidagi ilmiy tadqiqot loyihalari, balki bir qator xalqaro byudjetlar sovrindori bo‘ldi. Jumladan, Yevroosiyo fondi, Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi, Yaponiya elchixonasi ta’sis etgan byudjetlar shular jumlasidandir . Byudjet mablag‘lari hisobidan institut kutubxonasi fondi uchun 10 mingdan ziyod kitoblar xarid qilindi. Bunday xayrli ishlar samarasi o‘laroq, institut respublikamizning eng nufuzli professor-o‘qituvchilar malakasini oshiradigan ziyo maskaniga aylandi.
Axunova Gulchehra Nazarovna iqtisodchi olima, tashabbuskor rahbar hamda mohir pedagog sifatida talim sohasidagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi, 2006 yili o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fidoyisi, O‘zbekiston Respublikasi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
Olima tomonidan chop etilgan asosiy darsliklar o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar quyidagilardir:
1. Marketingovaya deyatelnost na rыnke obrazovatelnыx uslug i yee paradigmы. Monografiya.(SPIU, 2002). 2. Osnovnыe napravleniya sovershestvovaniya marketinga obrazovatelnыx uslug v Uzbekistane // Mejdunarodnsh biznes. - (Moskva, 2002).
3. Marketing obrazovatelnыx uslug v usloviya liberalizatsii ekonomiki // Ekonomicheskiy vestni Uzbekistana // 2002. 4. Marketing obrazovatelnыx uslug-velenie vremeni//Bozor pul va kredit (2002 ). 5.Organizatsiya i rol marketinga v sfere obrazovatelnыx uslug, podgotovki i perepodgotovki kadrov // Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana (2003). 6. Podgotovka i perepodgotovka kadrov dlya MBS (opыt Uzbekistana) // Sovremenne aspektы ekonomiki (2003). 7. Ta’lim xizmatlari bozorida marketing Iqtisod va ta’lim (2004). 8. O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari marketingi muammolari. Monografiya. (Tashkent: Iqtisod-moliya, 2005). 9. Kompleksnn analiz marketingovnыx kontseptsiy i strategiy. Monsgrafiya. (Tashkent: TGEU, 2009). 10. Marketing. Uchebnoe posobie. (Toshkent: TDIU, 2010).
Professor Axunova Gulchehra Nazarovnaning ilmiy ishlari yozgan kitoblarini sanab o‘tsak birgina sahifaga sig‘maydi. Muhimi, uning fidoy mehnatlari, ilmiy salohiyati, pedagogik mahorat tashkiliy qobiliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini yana bir bora e’tirof etib o‘tish joizdir.