O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ayupova Farida Mirzayevna

Ayupova Farida Mirzayevna    80 Qarab tursangiz, kitobga kirgan ayollarning tarjimai hollari bir - biriga juda o‘xshaydi. Bu tabiiy hol. Chunki hammasi qaysidir yilning qaysi oyi - yu qaysidir kuni tug‘ilgan. Maktabga borgan, uni bitirgan. Institutga o‘qishga kirgan, yana uni bitirgan. Qolaversa, ular zamondosh, bir yurtning, O‘zbekiston deb atalmish serquyosh o‘lkaning farzandidir. Qolaversa, ilm dargohlari ular uchun ochiq. Oliy o‘quv yurtini bitirdingmi, marhamat, istasang, ishla. Istasang, ilm - fan bilan shug‘ullan, sohangda yangilik yarat. Sahifamiz qahramoni Farida Ayupova huddi shunday qildi. Ko‘ngli ilm va tajriba yo‘lini tanladi va yetuk mutahassis olimaga aylandi. Uning bosib o‘tgan yo‘li ham orzu qilgulik, ham o‘rnak olsa arzigulik.
  Farida Ayupova 1957 yilning 21 noyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutini davolash ixtisosi bo‘yicha tamomladi. Lekin uni ayollarning onalik qismati o‘ziga tortardi. Ularning dardi tashvishga solardi. Yuragida bu soha bo‘yicha aytguvchi so‘zlari ko‘pdek edi. To‘qnashuvchi, bilguvchi tomonlari ko‘pdek edi. 1981 yili akusherlik va ginekologiya bo‘yicha internaturani bitirdi. So‘ng Akusherlik va ginekologiya ilmiy - tekshirirish institutida ordinator lavozimida ishlay boshladi. 1985 yilda shu institutning reproduksiya bo‘limiga kichik ilmiy hodim bo‘lib o‘tdi. 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu ayol hayoti uchun kerak bo‘lgan juda muhim tatsqiqot edi. Endi Farida Mirzayevna institut ilmiy kotibi lavozimiga munosib ko‘rildi. Yangi mavzu, yangi izlanishlar uchun yosh olimada barcha sharoit bor edi. Uni endi o‘smir qizlar sog‘lig‘i masalasi o‘ylantirardi. Natija shu bo‘ldiki, Farida Mirzayevna 1997 yilda “O‘smir qizlarning reproduktiv sog‘lig‘i” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  Farida Ayupova 2000 yilgacha o‘zi xizmat qilayotgan institutning bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi bo‘limiga rahbarlik qildi. Bir necha yosh ilmiy xodimning nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishlarida ustozlik qildi va qilmoqda. Farida Mirzayevna yetmish beshta ilmiy ish, jumladan ikkita monografiya, oltita uslubiy qo‘llanmalar muallifidir. Hozirda olima F. M. Ayupova II Toshkent Davlat Tibbiyot institutining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektoridir. Bu unga yanada katta, yanada mas’uliyatli vazifalar yuklaydi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5