Taniqli neonatolog, pediatr, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi pediatriya ilmiy - tekshirish instituti neonatologiya bo‘limining rahbari, professor Matluba Azimjonova 1939 yil 5 iyunda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tamomlagandan so‘ng Toshkent tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni tamomlagach, 1963—1965 yillar davomida 7 - birlashgan bolalar kasalxonasida uchastka pediatri bo‘lib ishladi, so‘ng Ittifoq Tibbiyot Fanlar Akademiyasining pediatriya institutida tadqiqotchi - stajer sifatida ishladi. 1967 — 1970 yillarda esa uning aspiranturasida o‘qidi.
1974 yildan boshlab Matluba Muhammadjonovnaning pedagogik faoliyati boshlandn. U Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar fiziologiyasi va natalogiyasi tsikli bo‘yicha stajirovka tsikliga rahbarlik qildi. 1989 yildan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2 - pediatriya kafedrasida faoliyat ko‘rsata boshladi.
1992 yilda shu kafedraning ikkinchi professori, 1998 yildan boshlab neonatologiya kafedrasining professoridir. M.Azimjonova nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng respublikada birinchi bo‘lib chala tug‘ilgan bolalarni parvarish qilish bo‘limlarini tashkil qilish, ularning parvarish usullarini takomillashtirish, ovqatlantirish muammolari bilan shug‘ullandi. Uning ilmiy izlanishlari va klinik kuzatishlari natijalari chala tug‘ilgan chaqaloqlarning ikkinchi bosqich parvarish bo‘limlarini tashkil qilish ishining printsiplari, ularni ovkatlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish imkoniyatini berdi.
M.Azimjonova tomonidan ilk bora O‘rta Osiyo mintaqalarida oy - kuni yetmasdan tug‘ilgan bolalarda sensis kasalligining klinik kechish xususiyatlari, ayrim asoratlarining, xususan kamqonlikning rivojlanish mexanizmlari, bolaning immun holatining o‘zgarish jarayoplari ishlab chiqildi.
Matluba Muxammadjonovna Amerikaning “Krossmink Interneyshenel” korporatsiyasi olimlari bilan birgalikda
1992 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida kamqonlik kasalligining tarqalish darajasini o‘rgandi. Shu korporatsiyaning taklifi bilan 1993 yildan u Amerikaning uchta
shtatida bo‘lib, ulardagi tug‘ruqxonalar ishining tashkil qilish, chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limlari, reanimatsiya va jadal davolash bo‘limlari faoliyati bilan tanishib qaytdi.
Professor M.Azimjonova Sog‘liqni saqlash vazirligi xay’at yig‘ilishlarida bir necha marta erta neonatal davri va neonatal davri kasalliklari xamda o‘lim sabablari, ularni kamaytirish yo‘llari to‘g‘risidagi masalalarni ko‘tarib chiqdi. Bu takliflar vazirlikning tug‘ish yoshidagi ayollar, tuqqan ayollar va ularning chaqaloqlarini sog‘lomlashgirish to‘g‘risidagi maxsus buyrug‘iga asos bo‘ldi.
M.Azimjonovannng ilmiy izlanishlari natijalari uchta monografiya, 150 ta ilmiy maqola, 25 ta uslubiy tavsiyanomalarda o‘z aksini topgan. U bitta mualliflik va 6 ta ixtirochilik guvoxnomasini olgan. Uning raxbarligida 2 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
O‘zining halol mexnat faoliyati uchun professor Matluba Azimjonova “Mexnat faxriysi”, “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoni va qator faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan. Ishingizga rivoj, olima ona!