Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1932 yil yanvarda Farg‘ona viloyati Beshariq shahrida tavallud topdi. U tumandagi 1 - o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, 1955 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot fakultetiga biologiya – kimyo ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 1960 yili institutni tamomladi. Shu yildan o‘zi o‘qigan maktabda kimyo o‘qituvchisi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. 1962 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif etilan.
A.Azizov o‘qituvchilik faoliyati bilan bir qatorda kimyo fani va uning o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy - uslubiy ishlar olib bordi. O‘z izlanishlari natijasini Farg‘ona shahridagi 1 - o‘rta maktabda sinovdan o‘tkazdi.
1967 - 1972 yillarda Moskvadagi pedagogika ilmiy - tadqiqot instituti sirtqi aspiranturasida tahsil oldi. U 1972 yilda professor Yu.A. Savich ilmiy rahbarligida “Nazariy bilimlarni shakllantirishda kimyoviy eksperimentning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘qituvchi sifatida talabalarga “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Umumiy kimyo “ fanlaridan maruzalar o‘qidi va ular bilan laboratoriya tajribalari mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
U o‘qituvchi , katta o‘qituvchi, tibbiyot fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. O‘z kasbining fidoyisi, talabchan, mehribon ustoz 1975 yil 25 iyunda vafot etdi