O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Azimov Jaloliddin Azimovich

Azimov Jaloliddin Azimovich (1938.10.3, Andijon) - zoolog , Oʻzbekiston FA akademigi (2000), biologiya fanlari doktori (1986), professor (1988). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini bitirgan (1958). Oʻzbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida (1964-69), Oʻzbekiston FA Zoologiya institutida (1969-78) katta ilmiy xodim, Respublika parrandachilik ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi direktorining oʻrinbosari (1978-89), ToshDU biologiya va tuproqshunoslik fakulteti professori (1989-91), 1991-yildan Oʻzbekiston FA Zoologiya instituti direktori. Azimovning ilmiy ishlari Oʻzbekiston biogeotsenozlaridagi parazit organizmlar faunasi tarkibi, shakllanishi va biologik turli-tumanlik evolutsiyasiga bagʻishlangan. U parazit - xoʻjayin tizimi evolutsiyasi omillari, turli umurtqalilar endoparazitlarining rivojlanishi va faunistik komplekslarning paydo boʻlish qonuniyatlarini aniqlagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

img

Qiziqarli biologiya

  0‘quv qo‘llanmada populyatsiyaning evolutsion qayta o‘zgarishlarda organizmlarning belgi va xususiyatlari qanday o‘zgarishi haqida hikoya  qilinadi. Populyatsiyaning ekologik tizim bilan genetik tarkibi orasidagi o‘zaro bog‘Iiqligi qiziqarli misollarda ko‘rsatilgan.

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5