O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Azizov Ergashxon Yuldashevich

Azizov Ergashxon YuldashevichFizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent

     1961 yil 10 dekabrda  Marg‘ilon  shahrida tavallud topgan. 1978  yili  Marg‘ilon  shahridagi  21 - o‘rta  maktabni  tamomlagan.  Shu yili  Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutida  matematika - fizika  mutaxassisligi  bo‘yicha  o‘qishga  kirgan. 1981 yildan o‘qishni  ToshDU  matematika  fakutetida davom ettirib, uni 1984  yili tamomladi. 
    1987 - 1990 yillari  O‘zFA  Matematika  instituti  aspiranturasida  talim oldi.  Akademik  Sh.A. Ayupov ilmiy  rahbarligida  “Yordan  banax  algebralarida shartli  kutilmalar”  mavzusida  izlanishlar olib borib, 1994 yili nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qildi.
    1991 yildan  faoliyatini  Farg‘ona  davlat  universitetining oliy matematika  kafedrasida  o‘qituvchi lavozimida  boshladi. So‘ngra algebra va matematik  analiz kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi  lavozimlarida , umumiy matematika kafedrasi  dotsenti  lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    Shu yillar davomida E.Yu. Azizov  operatorlar  algebrasi  nazariyasi yo‘nalishi  bo‘yicha ilmiy izlanishlar  olib borib, O‘zbekiston Fanlar  akademiyasi  fundamental  tadqiqotlarni qo‘llab - quvvatlash fondi granti asosida “Tasodifiy  masofalarning  taqsimot  qonuni”  mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarida  qatnashdi. Bularning natijasida 22 ta  ilmiy maqola chop ettirdi. Pedagogik  faoliyati davomida 2 ta o‘quv - uslubiy  qo‘llanma  yaratdi. Jumladan, “Diskret  matematika va matematik  mantiqdan  amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasining   hammualifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5