O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Azizova San’at Sobirovna

    Sanat Sobirovna qo‘lida tarbiya topgan, ilm egallagan mutaxassislar juda ko‘p. Ular nafaqat ona yurtimizda, balki chet mamalakatlarda ham qanot yozganlar. Ustozlari mehnatini oqlab, uning yuzini yorug‘ qilib, ham o‘zlarining yuzlari yorug‘ bo‘lib ishlamoqdalar. Tajribalari, shirin so‘zlari bilan bemorlar dardiga shifo topmoqdalar. Ularning bu fidoyiliklari ta’lim bergan ustozlariga bo‘lgan hurmatlarining bir nishonasidir. 
    O‘zbekistoida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Azizova San’at Sobirovna 1934 yilda Toshkentda, muallimlar oilasida tavallud topgan. Ota - ona ko‘rkamgina qizlarini oq xalatda ko‘rishni, uning shifokor bo‘lishini juda - juda istaganlar. Ularning orzusi qizaloqlarining orzusiga monand tushgan. shunday qilib San’atxon 10 - sinfni tamomlab, Toshkent Davlat Tibbiyot instituti davolash fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni 1958 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Shu yilning o‘zida O‘zbekiston Fanlar Akademnyasi O‘simliklar kimyosi institutining farmakologiya laboratoriyasiga aspiranturaga kirdi. 1963 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, o‘sha institutda oldin kichik, keyin katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1968 yilda doktorlik dissertatsiyasini ham himoya qildi. San’at Sobirovna Farmakologiya sohasida xotin - qizlardan birinchi fan nomzodi, birinchi fan doktori darajasiga, professor unvoniga sazovor bo‘ldi. 1972 yildan yangi ochilgan O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutiga Farmakologiya kafedrasi mudiri bo‘lib o‘tdi. U hozirga qadar ushbu lavozimda ishlamoqda. Talabalarga yuqori saviyada g‘oyaviy kuchli ma’ruzalar o‘qib, amaliy mashg‘ulotlar, ma’rifiy, ma’naviy, tarbiyaviy ishlar olib boradi.
     Fanda ilmiy  maktab yaratgan olima, 6 fan doktori va 19 fan nomzodini tayyorlagan. 225 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ulardan 3 ta darslik, 3 ta monografiya, 5 ta mualliflik guvoxnomasi, 10 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 3 ta risola, bir qancha maqolalari Respublikamiz, yaqin va uzoq xorijda nashr etilgan to‘plam va jurnallarda chop etilgan. Olima 1992 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi. Ilmiy - pedagogik ishlari bilan birga institut, tuman, shahar, Respublika miqyosida jamoat ishlarini ham olib boradi. San’at Sobirovna respublikamiz shaharlarida, tumanlarida ma’ruzalar va suxbatlar o‘tkazadi. U AQt, Kanada, Avstriya, Hindistonda o‘tgan xalqaro anjumanlarda qatnashgan va O‘zbekiston fani kamoloti va ma’naviyati yuqori darajada namoyon qilgan. 1998 yil Oliy ta’lim vazirligi “Ustoz” jamg‘armasi ko‘rigida qatnashib, “1998 yilning eng yaxshi ilmiy rahbari” nomiga erishdi va birinchi darajali diplomga sazovor bo‘ldi.
    San’at Azizova tinimsiz mexnatida turmushbo‘rtog‘ining katta ulushlari borligini eslaydi. Alloh rahmat qilgur bu inson mehribon, oilaparvar edi. Professor S.S.Azizovaning 3 farzandi — bir o‘g‘il, ikki qizi bor. O‘g‘li Muqimjonov Iskandar — vrach, fan nomzodi, kar- diolog. Qizlari Ahmedova Dilorom — fan doktori, professor, kafedra mudiri. Zokirova Nodira — vrach, neonotologiya kafedrasi assistenti.
    Professor S.S.Azizova O‘zbekiston fanining xalkaro miqyosda yuksalishiga kagta hnssa qo‘shgan fan arbobidir. Yurt6op1imiz siyosatini qo‘llab - quvvatlovchi, amaliyotga tatbiq qiluvchi, xalqparvar olima ayoldir. Uning yurgan yo‘llaridan nur sochilgay.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5