Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich - o‘zbek olimi, yuridik fanlar doktori, professor, siyosiy arbob. Azizxo‘jayev 1954-yil 1-iyulda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. U 1970-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomladi, keyinchalik aspirantura, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilib, yuridik fakultetida dars beradi.
1996-1998-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari sifatida (madaniyat va ta’lim ishlari).
1999-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasi rektori vazifasida ish olib bordi.
1998-yil 10-iyuldan Axborot faoliyati va ma’lumotlarni uzatishni samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha muassasalararo muvofiqlashtiruvchi komissiya raisi o‘rinbosari.
2003-yil 7-oktabrdan Bosh vazir o‘rinbosari (madaniyat ishlari).
2004-yil 4-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri.
2006-yil 6-iyuldan 2007-yil noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi.
2007-yil noyabrdan Toshkent davlat yuridik institutida kafedra mudiri.
Alisher Azizxo‘jayev 2012-yil 9-yanvar oyida 58 yoshida vafot etdi.