Toshkent Avtomobil va yo‘llar institutining “Uzbekiston tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Babaxodjayeva Lola Maratovna bolalikdanoq har narsaga qiziquvchan, ko‘p qirrali, zehni o‘tkir qiz bo‘lib voyaga yetdi. San’atga oshufta jajjigina qalbi musiqa ohanglaridan zavqlanar, o‘zi ham kuy ijro etib, yangi ohanglar yaratishni istardi. 1977 yilda V.Uspenskiy nomidagi respublika o‘rta - maxsus musiqa maktabini tamomlagan Lola Babaxodjayeva bu sohadagi bilimlarini yanada kengaytirish maqsadida M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining bastakorlik mutaxassisligi bo‘yicha professor B.Zeydman guruhiga o‘qishga qirdi. O‘qish davomida bir qator respublika tanlovlari laureati bo‘ldi. Uning simfonik asarlarini Davlat simfonik orkestri ijro etgan. Mazkur o‘quv yurtini 1982 yilda muvaffaqiyatli tamomladi.
Ilmiy faoliyatga, ayniqsa, tarix fanlariga bo‘lgan qizikishi uni yana o‘kishga, ilm olishga chorladi va Lola Babaxodjayeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi Fargona Davlat Pedagogika institutining “Tarix va jamiyatshunoslik” mutaxassisligiga o‘qishga kirib, uni 1989 yilda tugatdi. Talabalik davridan boshlab u ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullana boshladi. U 1991 yil tarix fanlari doktori, professor A.A.Abdulhamidov ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “Osnoviyne tendentsii i napravleniya mejdunarodnogo kulturno - gumanitarnogo sotrudnichestva Respubliki Uzbekistan “(period nezavisimosti)” (“O‘zR xalqaro madaniy - gumanitar hamkorligining asosiy tendentsiyalari va yo‘nalishlari (mustaqillik davrida)”. Himoya yili - 2011 yil. Ilmiy maslahatchi - O‘zR FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor E.V.Rtveladze. Dissertatsiya ishning maqsadi: xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy tendentsiyalarini majmua tadqiq egish, uning rivojlanishi dinamikasiga mamlakatning eng muhim tarixiy bosqichi davomida ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsiya tadqiqoti yangi manba va arxiv materiallari kiritish asosida xalqaro madaniy - gumanitar hamkorlik muammosini ilk bor majmua tarzda hal etishga urinish bo‘lib hisoblanadi.
Professor Lola Babaxodjayevaning 2 ta monografiyasi, 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarda, ilmiy - amaliy konferentsiya materiallari to‘plamida chop etilgan. Shu jumladan: «Mejduna- rodnoe kulturno - gumanitarnoe sotrudnichestvo
Respubliki Uzbekistan “(period nezavisimosti)” monografiyasi, “Osnovnme tendentsii i napravleniya kulturno - gumanitarnogo sotrudnichestva Respubliki Uzbekistan i Rossiyskoy Federatsii”, “Formirovanie gosudarstvennoy politiki Respubliki Uzbekistan v oblasti mejdunarodnыx kulturno - gumanitarnыx svyazey”, “Mejdunarodnoe kulmurnoe sotrudnichestvo kak faktor demokratizatsii obshestva”, “Sostoyanie i perspektivы kulturnogo sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i YeS”, “Osnovnыe napravleniya mejdunarodnogo sotrudnichestva Respubliki Uzbekistan v oblasti populyarizatsii natsionalnogo naslediya”. Bundan tashqari, mualliflar jamoasi tarkibida “Mustaqillik” (Toshkent 1998, 2000, 2006), «Nezavisimыy Uzbekistan” (Toshkent 2002, 2007) izohli ilmiy - ommabop lug‘atlarini, O‘zOO‘MTV huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bazasida o‘quv-uslubiy qo‘llanma “Noveyshaya istoriya Uzbekistana” (Toshkent, 2014) ishlab chiqishda qatnashdi.
Lola Babaxodjayeva o‘zining mehnat faoliyatini 1982 yildan V.Uspenskiy nomidagi Respublika o‘rta maxsus musiqa maktabida, Toshkent Davlat Jahon tillari universitetida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida olib bordi. 2001 yildan boshlab 2013 yilgacha Toshkent Avtomobil va yo‘llar instituti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “O‘zbekiston tarixi va siyosatshunoslik”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralari mudiri lavozimida ishlagan.
Ayni paytda TAYI “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda, institut xotin - qizlar “Olima” uyushmasi raisi, O‘zR FAning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy - texnik kengash a’zosi.
Professor Babaxodjayeva Lola Maratovna o‘zining samimiyligi, fikr doirasining kengligi, chuqur va har tomonlama bilimi, qatiyati i va olijanob go‘zal xislatlari ortidan yuksak hurmat - e’tiborga sazovor olima.
Toshkent Avtomobil va yo‘llar institutining “Uzbekiston tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Babaxodjayeva Lola Maratovna bolalikdanoq har narsaga qiziquvchan, ko‘p qirrali, zehni o‘tkir qiz bo‘lib voyaga yetdi. San’atga oshufta jajjigina qalbi musiqa ohanglaridan zavqlanar, o‘zi ham kuy ijro etib, yangi ohanglar yaratishni istardi. 1977 yilda V.Uspenskiy nomidagi respublika o‘rta - maxsus musiqa maktabini tamomlagan Lola Babaxodjayeva bu sohadagi bilimlarini yanada kengaytirish maqsadida M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining bastakorlik mutaxassisligi bo‘yicha professor B.Zeydman guruhiga o‘qishga qirdi. O‘qish davomida bir qator respublika tanlovlari laureati bo‘ldi. Uning simfonik asarlarini Davlat simfonik orkestri ijro etgan. Mazkur o‘quv yurtini 1982 yilda muvaffaqiyatli tamomladi.
Ilmiy faoliyatga, ayniqsa, tarix fanlariga bo‘lgan qizikishi uni yana o‘kishga, ilm olishga chorladi va Lola Babaxodjayeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi Fargona Davlat Pedagogika institutining “Tarix va jamiyatshunoslik” mutaxassisligiga o‘qishga kirib, uni 1989 yilda tugatdi. Talabalik davridan boshlab u ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullana boshladi. U 1991 yil tarix fanlari doktori, professor A.A.Abdulhamidov ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “Osnovыne tendentsii i napravleniya mejdunarodnogo kulturno - gumanitarnogo sotrudnichestva Respubliki Uzbekistan “(period nezavisimosti)” (“O‘zR xalqaro madaniy - gumanitar hamkorligining asosiy tendentsiyalari va yo‘nalishlari (mustaqillik davrida)”. Himoya yili - 2011 yil. Ilmiy maslahatchi - O‘zR FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor E.V.Rtveladze. Dissertatsiya ishning maqsadi: xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy tendentsiyalarini majmua tadqiq egish, uning rivojlanishi dinamikasiga mamlakatning eng muhim tarixiy bosqichi davomida ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsiya tadqiqoti yangi manba va arxiv materiallari kiritish asosida xalqaro madaniy - gumanitar hamkorlik muammosini ilk bor majmua tarzda hal etishga urinish bo‘lib hisoblanadi.