O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Babayeva Salima Ro‘ziyevna

Babayeva Salima Ro‘ziyevna    Ayol... Yurtimizning bir - biridan ilmli, bir - biridan zukko, ilmu salohiyati har qancha yuksalmasin millatimizga xos bo‘lgan qadriyatlarni qadrlab, oilani muqaddas deb bilgan o‘zbegimning olima ayollari.. O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili kafedrasi dotsenti Babayeva Salima Ro‘ziyevna ham oilada sarishta beka, uch o‘g‘ilning mehribon onajonisi bo‘lish bilan birga ilm - fan taraqqiyotiga, yoshlar ta’lim - tarbiyasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan zamonamizning ilg‘or ayollaridan.
  Salima Babaeva 1994 ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning Roman - german filologiyasi fakultetining ingliz tili filologiyasi bo‘limini tugatgan. O‘z mehnat faoliyatini esa maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan.1997 yildan O‘zbekiston Milliy universitetining Tillar markazi ingliz tili o‘qituvchisi, iqtisodiyot fakultetlari uchun chet tili kafedrasi o‘qituvchisi, so‘ngra ijtimoiy - gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasida ingliz tili katta o‘qituvchisi, tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2013 yil tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasida dotsent 2014 yildan Ingliz tili kafedrasi mudiri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
  Salima Babayeva pedagogik faoliyati davrida talabchanligi, bilimdonligi, talabalar bilan o‘zaro samimiy munosabati va harakatchanligi bilan ajralib turadi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida juda faol va qat’iyatli, jonkuyar, tashabbuskor va o‘z navbatida juda kamtarin inson. U doimiy ravishda o‘z tajribasini, ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tinmay izlanadi. 2011 yili Oliy Pedagogika Institutida kompyuter texnologiyasi bo‘yicha, 2013 yil iyun oyida Xorijiy filologiya fakultetida DUET bo‘yicha, iyul oyida Angliyaning London shahridagi TWIN qollejida o‘z tajribasini oshirdi, sentyabr oyida O‘zDJTUda ingliz tilini muqammallashtirish hamda treninglik qursi bo‘yicha tajribasini oshirdi. U darslarni uslubiy jihatdan yuqori darajada tashkil qiladi, yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadi.
  Salima Babaeva doimo o‘z ustida tinmay ishlaydi, tirishqoq, intiluvchan, jonkuyar pedagog Respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda o‘zining ma’ruzalari bilan qatnashib keladi. 2012 yil “O‘zbek va Amerika adabiyotida bolalikning badiiy talqini” mavzusida dissertatsiya himoyalab, filologiya fanlari nomzodi darajasini olganidan keyin “O‘zMU xabarlari”da 2 ta, TDTUda 2 ta, Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasida o‘tkazilgan “Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari” ilmiy maqolalar to‘plamida 1 ta maqolasi nashrdan chiqdi. Biologiya fakulteti bakalavr va magistrlari uchun “Ingliz tili” nomli o‘quv qo‘llanmasi va “The science of life” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqarildi. Shu kungacha 16 ta ilmiy maqola va 3 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 2013 - 2014 o‘quv yilida biologiya fakulteti bakalavr va magistrlari uchun, geografiya fakulteti bakalavr va magistrlari uchun o‘quv - uslubiy majmualar yaratdi.
  U mehnatsevar, intizomli, adolatli va zakovatli kafedra mudiri sifatida kafedrada professor - o‘qituvchilar muammolariga ham befarq emas, doimo yosh mutaxassis kadrlarga qo‘lidan kelgancha ko‘maklashib, o‘zining hayotiy tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashadi. Professor - o‘qituvchilar va talaba - yoshlar jamoasida hurmat va e’tiborga ega.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80