Barxanajyam Aida Levonovna 1937 yil 26 yanvarda Tbilisida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1957 yili Tbilisida maktabni tugatib, Toshkent Politexnika institutining kimyo - texnologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1962 yilda mazkur institutni tugatgach, Moldaviyaga ishlash uchun yo‘llanma oldi. Markaziy kimyo laboratoriyasi boshlig‘i sifatida bir yil ishlagach, 1963 yili Moskva shahriga yo‘l oldi. Qarangki, baxti shu yerda ochildi. Turmushga chiqdi, shu sabab 1964 yilda Toshkenga keldi. 1969 yili Toshkent Politexnika instituti kimyo - texnologiya fakultetining nolimerlar masalalari bo‘yicha ximiya fanlari doktori, professor M.A.Asqarov raxbarligida tog‘ - metallurgiya ishlab chiqarilishida oqar suvlarni tozalash bo‘yicha dissertatsiya ishini amalga oshira boshladi. Dissertatsiya ishlari Olmaliq tog‘ - metallurgiya kombinati buyurtmasi bilan amalga oshirildi. Tadqiqot ishlari olib borilayotganda aspirantlar ilmiy ishlari tanlovida qatnashib, D.I.Mendeleyev nomidagi II darajali Diplom bilan taqdirlandi hamda sobiq Ittifoq miqyosida o‘tagan ilmiy – texnik konferentsiyalarda ishtirok etdi. Aida Levonovna 1972 yilda kimyo fanlari nomzodi ilmiy unvoniga sazovor bo‘lish uchun dissertatsiya yoqladi va Toshkent Avtomobil - yo‘llar institutida kichik ilmiy xodim sifatida ishlay boshladi. So‘ng assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlariga loyiq topildi. Hozirda u institutda “Avtomobil ekspluatatsiya materiallari va kimyo texnologiyasi”, “Mashina va avgomobil qurilishlarida qo‘llaniladigan kimyoviy qo‘shilmalar” kursi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi.
Olima pedagogik faoliyatini jamoa ishlari bilan birga olib bordi. 1973 yildan 1985 yilgacha oliygoh ilmiy kengashning ilmiy kotibi bo‘ldi. 1985— 1994 yillar Toshkent Avtomobil - yo‘llar institutida sirtqi bo‘lim dekanining muovini lavozimlarida ishladi, institut xotin - qizlar kengashiga ham rahbarlik qildi.
A.L. Barxanajyan 2002 yildan “Kimyo – texnologiya” kafedrasi boshlig‘i vazifasini bajarib kelyapti. Oliy ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Uning 50 dan ziyod ilmiy - uslubiy ishlari, maqolalari chop etilgan, ma’ruzalar matni yozilgan ixtiro uchun patentga ega va 4 ta kitob muallifidir. Ayni paytda Aida Levonovna yoqilg‘i surtish materiallari sifatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy faoliyat olib bormoqda.