O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Baxodirova Nurxon

    Ota - ona hayotidagi  eng ezgu  tilaklarini, yetisha olmagan orzularini  farzandlarida  ko‘rgisi keladi. Abduvodit aka va Oftobxon aya  xonadonida birin - ketin  olti  farzand dunyoga keldi. O‘zi  o‘qiy olmagani  armon  bo‘lgan ota  farzandlarini ilmli, marifatli bo‘lishlarini istadi, hayotda o‘z sevgan  kasblarining egasi  bo‘lishlariga ko‘maklashdi. Bolalikdan ilmga chanqoq va intiluvchan yosh Nurxon maktabda alochi va faolligi  bilan tengdoshlaridan ajralib  turardi. U Toshkent iqtisodiyot  institutini muvaffaqiyatli tugatdi,  aspiranturaga kirib o‘qidi. Iqtisod fanlari nomzodi o‘ldi. Ko‘p yillar Avtomobil yo‘llari institutida o‘qituvchi, katta  o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib, o‘z ilmini yoshlarga berib keldi. 1990 yildan 2005 yilgacha  Toshkent  iqtisodiyot institutida  “Xalqaro moliya” kafedrasi dotsenti  bo‘lib ishladi.
  Nurxon Bahodirova o‘z ish faoliyati davomida, talabalarga bilim  berish, ularning  manaviyatini yanada yuksaltirish, yaxshi mutaxassis bo‘lib  yetishishlari uchun bor  bilim va tajribasini   ayamadi. O‘z halol  mehnati, bilimi va shirin muomalasi, sahiyligi ortidan obo‘ - etibor topdi.
  Albatta , ayolning  jamiyatdagi yutuqlari, o‘rni uning oilasiga ham bevosita bog‘liq. 10 farzandning  to‘ng‘ichiga kelin bo‘lgan Nurxon Bahodirova  uning masuliyatini ham yaxshi bilardi. U oila yumushlari, farzand tarbiyasi, qaynona-qaynotaning  ko‘nglini  olish bilan  birga , ilmiy  ishlarini  ham davom  ettirdi, fan nomzodi bo‘lganda esa uch  farzandli edi. U  yaqinlarining ko‘magidan  tashqari, o‘z tirishqoqligim bilan shu  yutuqlarga  erishdim, deb hisoblaydi.
  Nurxon  Bahodirova  xarakteri ohir - vazmin, haqiqatgo‘y, yaxshiliklarga hamisha chanqoq . Sayohatlarni, dunyo ko‘rishni,  yangiliklarni o‘qib - o‘rganishni yaxshi ko‘radi. To‘qqiz  nabirasini  hayotining  quvonchi, ovunchoqlari, kelajagi deb  biladi. Bahor faslini, atirgullarni  va ochiq ranglarni  yaxshi ko‘radi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5