So‘zimiz navbati O‘zbekiston Respublikasi II Toshkent Davlat Tibbiyot instituti ko‘z kasalliklar klnikasi boshlig‘i, ko‘z kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Fazilat Baxriddinova haqida.
Insonga ko‘z ko‘rmoq, bilmoq, tushunmoq uchun berilgan. Onalar o‘z farzandlarini ko‘zimning oqu - qorasi deb bejiz erkalamaydilar. Yorug‘ dunyoni ko‘rish, kamalak ranglarini dildan xis qilish buyuk ne’mat. Keksalarimiz ko‘zlarim nurli bo‘lsin, deb niyat qiladilar. “Ul qaro ko‘zlar” deya yer vaslini madx etganlar shiori davronlarimiz.
Yoshligida Fazilatxon inson ko‘zlariga extimol razm solgandir. Ehtimol ko‘zlarning barcha xislatlari uni o‘z sirli olami sari chorlagandir. Bo‘lmasa u tabobatning boshqa yo‘lini tanlarmidi. Ha, tabobatning yo‘llari ko‘p, bekatlari ko‘p. Bu yo‘llarni u Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetida o‘qiyotgan davrlarida bildi, ko‘rdi. (U 1953 yilda Toshkentda tug‘ilgan.) Hamma o‘qiganlarini tahlil qildi. Baxolari doim a’lo bo‘ldi. Amaliyot vaqtlarida bemorlar uning shirin zaboniga, nafis olamiga maxliyo edilar. U bilan so‘zlashganlarida yengil tortardilar. Qarang - a, u qizga domlalar xam katta umid bilan qarashdi. Uni institutda olib qolishdi. 1976 yili ko‘z kasalliklar kafedrasida klinik ordinator sifatida ish boshladi. 1978 yildan 1986 yilgacha kafedra assistenti vazifasini bajardi. 1990 yildan 1997 yilgacha kafedra dotsenti, 1997 yildan xozirgi paytgacha ko‘z qasalliklar kafedrasining mudiri bo‘lib ishlab kelmoqda. Bu yillar orasida ishlabgina qolmadi. 1986 yildan 1989 yilgacha Gelmgolts nomidagi Moskva Ko‘z kasalliklari ilmiy - tekshirish institutining aspiranti bo‘ldi. 1990 yilda “O‘zbekistondagi nollinoz kon’yunktivitlarning klinik xususiyayatlari, tashhisoti va davosi” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1992 yildan 1995 yilgacha shu institutning doktoranti bo‘ldi. 1999 yilda “Ba’zi umumiy kasalliklarda ko‘z tomirlari funktsional holatini komileks baholash” mavzusida fan doktorligi dissertatsiyasini himoya qildi
Jurnal va to‘plamlarda Fazilat Orifovnaning 100 ta - dan ortiq ilmiy va ilmiy - ommabop maqolalari va 10 ta ixtirolari chop etilgan. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilindi. Olima ko‘pgina respublika respublikalararo va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdi.
Fazilat Bahriddinova institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. U jarrohlik bo‘yicha muammo komissiyasining ilmiy kotibi. Markaziy Osiyo allergologlar Assotsiatsiyasining a’zosidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga qarashli OAKning oftalmologiya bo‘yicha eksperti, Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy - tibbiyot kengashining oftolmologiya, LOR va stomatologiya bo‘yicha ilmiy kengash raisidir. Bunday mas’uliyatli vazifalarni bajarish o‘z sohasini chuqur bilgan, ilm - fan rivojiga haqiqiy hissasini qo‘shishga intilgan fidoiy shaxs, qolaversa, inson qadrini bilgan, hayot deb atalmish mo‘jizaviy olamning og‘irini yengil qilmoqchi bo‘lgan ayolninggina qo‘lidan kela oladi. U har ishda tashabbuskor, sabr - toqatli, to‘g‘ri so‘z, kasbdoshlariga mehribon, oilasi mustahkam, farzandlariga g‘amxo‘rdir.
Oftolmotologiya mutaxassisligi bo‘yicha respublikada eng malakali mutaxassis xisoblangan Fazilat Baxriddinovaga xamisha muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.