O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Baxritdinova Xosiyat Orifxo‘jayevna

Baxritdinova Xosiyat Orifxo‘jayevna    Baxritdinova Xosiyat Orifxo‘jayevna 1937 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1956 yil 42 - o‘rta maktabni tamomlagan. 1960 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiradi. Shu yilning o‘zida O‘zbekiston respublikasi Davlat rejalashtirish qo‘mitasiga ishga kiradi. U yerda 1976 yilga qadar ishlaydi  va shu yili nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qiladi. 1978 yilda O‘zFAning iqtisodiyot institutiga ishga o‘tadi. Bu yerda ilmiy izlanishlar uchun keng sharoit yaratib berilgan edi. Uzoq yillik izlanishlari, mutoalalari o‘z mevasini berdi. Xosiyat Baxritdinova 1987 yil doktorlik ishini ham muvaffaqiyatli himoya qildi  va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni boshqarish kafedrasiga ishga kelgan. Ushbu dargoxda  1987 yildan 1992 yilgacha mudiralik qilgan.
  X. Baxritdinova “Menejmeit va marketiig” fakulteti talabalariga “Strategik menejment”, “Innovatsiya menejmenti”, “Menejment asoslari” fanlaridan, magistrlarga “Strategik menejment”, “Suv xo‘jaligi menejmenti” fanlaridan ma’ruzalar olib bormoqda. “Ta’lim to‘g‘risida va kadrlar tayyorlash” milliy dasturining talablaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlashga katta mas’uliyat bilan yondashib, talabalarni o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash maqsadida “Strategik menejment”, “Innovatsiya menejmenti”, “Menejment asoslari”, “Suv xo‘jaligi menejmenti” fanlaridan ma’ruza matnlari va uslubiy qo‘llanmalar chop etgan.
  Kafedra salohiyatini ko‘tarish, ilmiy darajali o‘qituvchilarning sonini oshirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, uning rahbarligida uchta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi va hozirgi kunda uch nafar aspirant nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. O‘ttizdan ortiq magistrantlar dissertatsiyalari uning rahbarligida himoya qilingan. X. Baxritdinova o‘n ikkidan ortiq monografiya, o‘nga yaqin o‘quv uslubiy qo‘llanmalar hamda yuzdan ortiq respublika va xorijda chop etilgan  ilmiy maqolalar muallifidir.
  X. Baxritdinova jamoa ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. U institut, fakultet ilmiy uslubiy kengashning va nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini muhokama qilish seminar kengashining a’zosi.
  Iqtisod fanlari doktori, profssor Xosnyat Baxritdinova o‘ziga juda talabchan, mas’uliyatni chuqur his qiladi. U bugun davlatimizning ertasi bo‘lmish yigit - qizlarga ilm beryapti. O‘zbekiston ertasi qaysidir ma’noda o‘zining ham qo‘lida ekanligini biladi. Shundan bo‘lsa kerak, talabalarida, qolaversa kafedra, institut ustoz - o‘qituvchilarida ham mas’ullikni ko‘rishni istaydi. Loqaydlik unga begona. Rostgo‘y, intizomli, ishga doimo ijodiy yondashadigan bunday ustoz har yerda qadrli va e’zozlidir.
  Ikki qizu bir o‘g‘il, kelin - kuyov va nabiralar yig‘ilganida uyi ham guliston bo‘lib ketadi. Oilasida ham e’zoz tonayotgan, zamonamizning ziyoli ayollaridan biri u.         



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5