O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bazarbayeva Dilbar Shukurovna

    Dilbar 1949 yil 27 fevralda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgai. 1972 yilda Toshkent Politexnika institutini sovutgich, kompressorli mashina va uskunalar ixtisosligi bo‘yicha tugatgan, muxandis - mexanik mutaxassisligi berilgan.
    D.Bazarbayeva ish faoliyatini 1972 yil Toshkent Politexnika institutining sovutgich, kompressorli magpina va uskunalar kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. Bir yildan so‘ng ushbu institutning Buxoro kechki filiali Mexanika kafedrasiga assistent bo‘lib o‘tgan. U 1976 — 1978 yillar mexanika kafedrasi assistenti, 1979 yilda katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 1979—1982 yillar Moskva Oziq - ovkat texnologiyasi institutida aspiranturada bo‘lib, 1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U 1982 — 1984 yillar BuxOOYeSTIning oziq - ovqat ishlab chiqarish jarayonlari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish  kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ng dotsent lavozimida ishlashni davom ettirgan.
    1984 — 1989 yillarda “Mexanika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keldi. U 1989 -1994 yillarda shu kafedra dotsenti bo‘lib ishladi. 1994 - 1999 yillar ishlab chiqarish jarayonlari, mashinalari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish kafedrasining muammolar ilmiy - tadqiqot laboratoriyasida katta ilmiy xodim va kafedra dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 1999 yil mart oyidan boshlab Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i va kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
    U ish faoliyati davomida “Mexanika” kafedrasida “Materiallar qarshiligi” va ”Amaliy mexanika” fanlaridan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini oliy maktab talablariga javob beradigan darajada olib borib, o‘quv - uslubiy ishlar chop etgan.
    TMJ va IChA kafedrasida oziq - ovqat ishlab chiqaripsh jarayonlari va apparatlari, oziq - ovqat ishlab chiqarish mashina apparatlarini hisoblash va konstruktsiyalash fanlaridan ma’ruzalar o‘qib, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida olib bormoqda.
    Kafedraning ilmiy - tadqiqot ishlarida yetakchi mutaxassis sifatida faol qatnashmoqda. Uning oltmishga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro, xamdo‘stlik davlatlari va respublikamiz jurnallarida, anjumanlarning materiallari to‘plamlarida chop etilgan. U 11 ta o‘quv - uslubiy ishining muallifidir. Ilmiy tadqiqotlari uchun 12 ta mualliflik guvohnomasiga egadir.
    Dilbar Shukurovna ”Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5