Bedrinsev Kirill Nikolayevich (01.04.1907, Kerki – 07.04.1995, Toshkent) iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), iqtisod fanlari dri (1961), professor (1964). Oʻrta Osiyo davlat untining iqtisod fakultetini tugatgan (1929). 1930-1940 yillarda Oʻzbekiston davlat rejalashtirish idoralarida ishladi. Oʻzbekiston FA Iqtisod institutida katta ilmiy xodim (1943-1949), ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtrish boʻlimining rahbari (1950-1985) va Respublika Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi (SOPS) raisining oʻrinbosari (1962-1985). 1985 yildan Oʻzbekiston FA Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengash maslahatchisi. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1994).