O‘zbekiston Milliy universiteti "Umumiy fizika" kafedrasi mudiri Begmatova Dilfuza Abdullajonovna o‘zinig iqtidori, intiluvchanligi, bilimi bilan ko‘zga ko‘rinayotgan, ustozlar ishonchini oqlayotgan yosh olimalardan. U o‘z mehnat faol60yatini 1993 yili o‘zi tahsil olgan o‘quv dargohida ToshDU (Hozirgi O‘zMU)da boshlab, shu yerda ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda. U Fizika o‘qitish nazariyasi va uslubiyati ixtisosligi bo‘yicha «Fizika praktikum ishlarini miqdoriy baholashning didaktik asoslari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Dilfuza Begmatova ilmiy-pedagogik faoliyati jarayonida O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti bakalavriat talabalariga umumiy fanlardan yetarlicha ilmiy-nazariy va o‘qitishning ilg‘or uslublarini qo‘shagan holda dars berib, bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. U izlanuvchan va talabchan sifatida universitet va fakultet professor- o‘qituvchilari jamoasi va talabalari o‘rtasida alohida hurmat-e’tiborga ega.
Olimaning umumiy ilmiy ishlar soni 50 dan ortiq bo‘lib, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 20 ta makola va tezislar muallifidir, shu jumladan u qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.
Begmatova Dilfuza Abdullajonovna «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri sifatida o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv yuklamani o‘qituvchilarning salohiyatiga qarab taqsimlab beradi. Shuningdek, o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish bilan har bir ma’ruzada qo‘llanilishi lozim bo‘lgan ta’lim texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha maslahatlar beradi.
Kafedraning salohiyatini yanada ko‘tarish uchun kafedra o‘qituvchilarini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun kafedra o‘qituvchilarining OAK ro‘yxatiga ki- ritilgan xalqaro, respublika miqyosidagi jurnallarda maqolalarini chop etish yildan-yilga oshib bormoqda. Dilfuza Begmatovaning tashabbusi bilan kafedra o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishla-riga jalb qilish natijasida kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda: Fizikani amaliy va eksperimental o‘qitish muammolari; Har xil aralashmali moddalarning elektrofizik xususiyatlari; Kafedraga 2 ta byudjet olish rejaga kiritilgan. Ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga yuborilgan; Dilfuza Begmatovaning tashabbusi bilan "Namoyish tajribalar markazi"ning moddiy texnik bazasini yanada boyitish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan: Fizikaga oid namoyish tajribalarini yaratish; Multimediyalangan elektron qo‘llanmalar yaratish; Elektron slaydlar yaratish; Vertual namoyish va laboratoriya ishlarini yaratish; Ta’lim texnologiyalarining qo‘llanishiga oid dars ishlanmalarini yaratish.
U "Namoyish tajribalar markazi" zaxirasida kompyuter bilan jihozlangan xonani tashkil etish orqali axborot va pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llashga keng imkoniyat yaratishga hissa qo‘shib kelmoqda. Tashkiliy ishlar bo‘yicha esa, Kafedrani bitirgan talabalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirdi; AL va KHK uzoq yillarga mo‘ljallangan shartnomalar tuzilgan; AL va KHK kasbga yo‘naltirilgan ma’ruzalarni tashkil qilishga e’tibor qaratilgan; Fakul- tetda talabalar ishtirokidagi konferentsiyalarni tashkilotchilaridan biridir. Fakultetda va kafe- drada olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari tahsinga sazovordir. Uning rahbarligida fakultet olima ayollar bilan uchrashuvlar, mustaqillik, navro‘z, ustoz va murabbiylar kuni kabi tadbirlarning tashkilotchisidir.
Dilfuza Begmatova Fizika fakulteti Xotin- qizlar qo‘mitasi raisi sifatida bir necha yillardan beri faoliyat olib boradi. Ushbu yillar davomida uning rahbarligida "Qizlar klubi", "Sog‘lomlashtirish guruhi", "Mohir qo‘llar" to‘garaklari ishlab kelmoqda. Talabalar ishtirokida turli bayramlarni tashkil qilish, o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, ularni amalga oshirishda bevosita rahbarlik qilib kelmoqda. Talabalar uchun turli mavzularda davra suhbatlari o‘tkazishni rejalashtirib, ularni amalga oshiradi. Hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasining himoyasi ustida ishlamoqda.
Begmatova Dilfuza Abdullajonovna yetuk pedagog, har ishda tashabbuskor va yaxshi tashkilotchi hamda o‘ziga topshirilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi.