Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Ismatilla Muzaffarov Rahimjon, Kaunbaev Mirzabadal, Ibrohimov Sharyatulla, Habibullaev Akram kabi ustoz - hamqishloqlarining maslahatlari bilan universitetning Sharq filologiyasi fakultetiga xujjat topshirdi.Taqdir uni O‘zbekistonda xitoyshunoslarning yangi avlodini yetishtirishsh bel bog‘lagan ustoz Majit Hamidovich Maxmutxo‘jaev ro‘baro‘ kildi... Qahramonimiz Isma¬tulla Bekmuratov 1966 yil 9 mayda Qozog‘iston respublikasidagi ko‘hna Turkistonning Qarnoq qishlog‘ida dunyoga keldi.Otasi Nusratulla aka avvaliga kolxozda traktorchi, keyinchalik esa sovxozda brigadir, onasi Munavvarxon ona kasalxonada ishchi bo‘lib, 7 nafar farzandini halol mehnat bilan voyaga yetkazishgan. Opalari Salomat va Sarvaraxon, singillari Go‘zal va Gulidalar-maktab o‘kituvchisi, Ismatulla - olim bo‘lib, odamlarga ziyo ulashayotgan bulishsa, Narzullo - tadbirkor, Hilola - hamshira. Sarvaraxonning umri qisqa ekan, orzulari yarim yo‘lda qoldi (Ollox rahmat kilsin) . Ismatulla 1983 yilda o‘rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1984¬ - 1986 yillarda Murmanskiy shaxrida harbiy xizmatni o‘tab, yana o‘qishni davom ettirdi.1987 yili esa Xitoy Xalk Respublikasining Shandun shaxrida tillar bo‘yicha bir yil malaka oshirib qaytdi. U yerda ustozlik kilgan Xe Ping Laoshining jonkuyarligini Ismatul¬la Bekmuratov xali - hanuz unutmaydi. 1991 yili esa oliygohni ham muvaffaqiyatli tamomladi. Ilmiy salohiyatga ega tolib Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoy filologiyasi kafedrasiga laborant lavozimiga ishga qabul kilipdi U avval o‘kituvchi, keyin dekan vazifalarida ishladi. 2002 - 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat Boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, yana ushbu kafedrada katta o‘qituvchi, kafedra mudiri bo‘lib xizmatini davom ettirdi. Shu orada “Shanxay hamkorlik tashkiloti va institutsiyalash jarayoni” mavzusida nomzodlik dissertadiyasini himoya qildi.2008 - 2011 yil institutning Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti dekani, 2011 - 2012 yil .Uzoq Sharq va janubiy Osiyo tillari fakulteti, 2012 - 2014 yil. Jahon siyosati va tarix fakulteti dekani, 2014 - 2015 yil Xitoyshunoslik fakul¬teti dekani vazifasini bajaruvchi, 2015 - 2016 yil shu fakultet dekani vazifalarida faoliyat yuritdi. 2016 - 2018 yil Jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti dekani, 2018 yilning sentyabridan oliygohning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida xizmat qila boshladi. Ish faoliyati davomida esa Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlarda bo‘lib, pedagogika tajribasini oshirib qaytishga ulgurdi.
U xitoy tili mutaxassisi bo‘lishi bilan birga rus, koreys va nngliz tillarini ham mukammal biladi. Olimning mamlakat rahbariga xitoy tili bo‘yicha tarjimon bo‘lganligi ham uning yuksak iqtidor sohibi ekanligidan dalolatdir. Zakiy olim hozirgi kunda “Xitoyning tinch yuksalish amaliyoti - siyosiy - falsafiy tahlil” nomli doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti. U o‘z ilmiy pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy maqola,6 ta o‘quv va uslubiy ko‘llanma chop ettirgan. Ismatulla Nusratullaevich yirik hajmdagi “O‘zbekiston sharqshunoslari” bibliograyasi muharriri hamdir. Uzbekiston Milliy entsiklopediyasida Xitoy madaniyati, yozuvi, siyosati, tarixi bo‘yicha maqolalari yoritilgan. Xitoyshunoslik sohasining eksperta sifatida o‘ndan organ Xal karp va Respublika mi nyos da o‘tkazilgan ilmiy hamda amaliy anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmonda. Ayni paytda Chelyabinsk shahrida nashr qilinadigan “Vestnik” jurnali tahririyati hay’ati a’zosi. O‘zbekiston - Xitoy do‘stlik jamiyati rais o‘rinbosari I.Bekmuratovning ezgu amallari tufayli Xitoy bilan madaniy - ma’rifiy aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda. Ismatulla Bekmuratov rafiqasi Barnoxon bilan farzandlari: Jaxongir (XXR Guanjou shahridagi Szinan universiteti tolibi), Javohir (Sian chet tillari universiteti tolibi), Sevinchbonu (ToshDShI talabasi) larini kamolga yetkazishgan. Kelini Shohistaxoi- UzDJTUda ingliz tili o‘qituvchisi. Olim shu oila iqlimidan madad olgani uchun xam doim ruhi baland holda xalqqa xizmat qilib kelmoqda!