O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bobojonova Dilorom

 Dilorom Bobojonova      O‘zbekiston  Davlat  Jahon tillari universiteti “ O‘zbekiston  tarixi”  fanlari doktori Bobojonova Dilorom Bobojonovnaning ilmiy yo‘nalishi: tarixchi.
    Ilmiy qiziqishlar doirasi: O‘zbekistonning sovet davri va mustaqillik yillari tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, millatlararo munosabatlar, demografik jarayonlar, xotin-kizlar masalasi, siyosiy partiyalar tarixi.
    Muhim ilmiy natijalari: O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlarning ijtimoiy- iktisodiy jixatlari taxlil etildi, demografik jarayonlar, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi ahvol, milliy kadrlar tayyorlash masalalarini arxiv materiallari, statistik ma’lumotlar asosida ilmiy tahlil etildi, ijtimoiy-ekologik muammolar, Orolbo‘yi hududi ekologik vaziyatini o‘rganish ishiga hissa qo‘shildi, mustaqillik yillarida xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalari, O‘zbekistonda yoshlar siyosati, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy partiyalarning shakllanish jarayoni va faoliyati o‘rganildi.
    1996 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xay’ati Tashkiliy-tahliliy boshqarmasida bosh mutaxassis va 2002-2005 yillar mazkur boshqarma boshligi vazifasida ishladi. Boshqarma boshlig‘i sifatida milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida, xususan, buyuk bobolarimiz-Amir Temurning 660 yilligi, Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Moturidiylarning tavallud to‘ylari va qadimiy shaharlarimiz Xiva, Buxoro, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand va Toshkent kabi shaharlarning yubiley sanalarini xalqaro miqyosda o‘tkazish ishiga mas’ul shaxs sifatida ulkan tashkiliy ishlarni amalga oshirib, salohiyatli olima sifatida ilmiy jamoatchilikka yaxshi tanildi.
    Dilorom Bobojonova tarixchi-tadqiqotchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1999 yildan 2012 yilga qadar O‘zbekiston Davlat  Jahon tillari universiteti "O‘zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keldi 2000-2002 yillarda universitetning ma’na shu ma’rifiy ishlari bo‘yicha 1-prorektori vazifasida ishladi. Dilorom Bobojonovna 2004 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
    Ko‘plab izlanuvchilarga ilmiy rahbar qilib, 6 nafar fan nomzodi yetishtirgan, hozi ham ko‘pgina doktorantlarga ilmiy maslahatchi  qator jamoat ishlarida ham faol ishtirok  etib kelmoqda. 2012 yildan buyon kafedra profess lavozimida universitet talabalariga O‘zbekis tarixi fanidan dars berish bilan birga, jamoatchilik asosida universitet Ota-onalar kengashi va universitet "Olima" uyushmasi raisi sifat ham faoliyat olib boradi.
    Professor Dilorom Bobojonova 1998 yildan 2006 yilga qadar (falsafa, yuridiktar bo‘yicha O‘zR VM xuzuridagi OAK ekspert Keng; a’zosi hamda ilmiy kotibi, 2001 yildan hozir) Tarix fanlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi   kengash a’zosi, 2006 yildan 2012 yilgacha O‘z huzuridagi Ixtisoslashgan kengash a’zosi, hozg Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
    Dilorom Bobojonova 2009 yildan 2013 yilga qadar O‘zteleradiokompaniyasi O‘zbekiston telekanalining "O‘yla, izla, top" tele-shou musobaqas Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida, shuningdek, dolzarb mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, jumladan "Munosabat" ko‘rsatuvi respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy  va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘z maruzalari bilan faol qatnashib kelmokda. 2015 yili "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi" respublika tanlovi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.  Bir necha bor Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tashakkurnoma, diplom va faxriy  yorliqlar bilan taqdirlangan.
    Olima 2006 yilda "O‘zbekiston Respublikasi  mustaqilligining 15 yilligi" ko‘krak nishoni  2012 yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" unvoni bilan taqdirlangan.
    Dilorom Bobojonovaning to‘rt farzandi ha 7 nafar nabirasi bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya10