O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bobojonova Robiya

Bobojonova  Robiya    “Ko‘z ko‘rmagan, quloq tuymaganni to, odam ilm bilan qiladi barpo....” Bu hikmatning  xulosasini  Robiya  Qurbonovna Bobojonova o‘z hayotida ko‘rsatayotganday bo‘ladi... U Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent.
  Roviya Bobojonova 1955 yilning 27 mayida Urganch shaxrida tavallud topgan. 1978 yilda Toshkent tibbiyot institutining sanitariya - gigiyena fakultetini tugatib, o‘z mexnat faoliyatini Urganch shaxar sanepidstantsiyasining shifokori vazifasidan boshlagan. 1979 - 1981 yillarda pedagogika institutida fuqarolar mudofaasi va tibbiy tayyorgarlik kursi raxbari, Xorazm viloyati sanepidstantsiya laboratoriyasining shifokori, Urganch shaxar Sog‘liqni saqlash bo‘limining shifokor - inspektori, 1986 — 1991 yillarda Urganch shaxar, Xorazm viloyati hokimiyatlarida mas’ul lavozimlarda ishladi. 1991 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida umumiy va tibbiy psixologiya kursining mudiri, marketing xizmati bo‘limining boshlig‘i, umumiy gigiyena kafedrasi dotsenti, “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi boshlig‘i vazifalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Robiya Qurbonovna 2002 yilda gigiyena mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Bugungi kunda u 17 ta ilmiy maqola, 3 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. Olima o‘zi raxbarlik qilayotgan bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq katta hajmdagi uslubiy qo‘llanmani 2005 yilda chop qildirib, filial o‘quv - tarbiya jarayoniga tatbiq etdi. Umumiy gigiyena fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan xolda olib borayapti. Ushbu fan bo‘yicha uslubiy ko‘llanmalar  tayyorlash talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini samarali o‘tkazish, professor - o‘qituvchilar faoliyatini baxolash va ichki attestatsiyasini o‘tkazish masalalari borasida uslubiy izlanishlar olib bormoqda. 2004 yildan buyoi Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kollejlarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bajarilishini o‘rganish komissiyasi raisi, Urganch Davlat universitetida “Ta’lim xaqida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarining amalda tatbiq etilishini taxlil etuvchi komissiya raisi vazifasini xolisona bajardi va tegishli tashkilotlarning tashakkurnomalarini olishga muyassar bo‘ldi. Shuningdek, Robiya Bobojonova jamoat ishlarida ham faol. Zero, viloyat “Olima ayollar” nodavlat, notijorat tashkilotida “Salomatlik sektori” boshlig‘i, filialda ilmiy kengash, markaziy - uslubiy hay’atning, davolash fakulteti kengashining, xotin - qizlar kengashlarining a’zosi sifatida uning xizmati katta.
  Robiya Bobojonova sidqidildan qilgan xizmatlari uchun raxbariyatning faxriy yorliqlari, sertifikat va diplomlar, “O‘zbekiston Resiublikasi mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni bilai taqdirlangan.
  Robiya Bobojonova oilada sevimli ona, joikuyar beka va mexribon buvijon hamdir. 2 nafar farzandi ham ziyoli, el xizmatida. Shu bois uni hamshaharlari “baxtli ayol” deb atashadi...  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5