O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bobomurotov Turdiqul

Bobomurotov TurdiqulTibbiyot fanlari doktori

    Turdiqul Bobomurotov (1964 yili 10 martda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tavallud topgan) bolaligidan hamma narsaga qiziquvchan bo‘lib o‘sdi. Maktabni tugatdi - yu, 1981 yili Turdiqul Samarqand Tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. 1987 yil institutning pediatriya fakultetini a’lo baholarda yakunlargan, taqdimot komissiyasining farmoyishiga asosan mehnat faoliyatini Baxmal tumanida oddiy vrachlikdar boshladi. 1989 yildan boshlab Samarqand tibbiyot institutida qator vazifalarda: klinikaning bolalar bo‘limi vrachi, bo‘lim boshlig‘i, aspirant, assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, davolash fakulteta dekani vazifalarida ishladi. 1994 yilda nomzodlik, 2002 yilda “Kichik yoshli bolalarning o‘tkir Bronx - o‘pka kasalliklarida regional limfatik terapiya va tor spektrli infratsizil nurlarni qo‘llashni samaradorligi” mavusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 2005 yilda esa professor unvoniga ega bo‘ldi... Albatta, har bir yutuq zamirida mislsiz zahmatli mehnat yotadi. Turdiqul Akramovich mehnat faoliyati davomida respublikamizda bolalar o‘limi va kasallanish strukturasi asosi hisoblangan o‘tkir pnevmoniya va bronxit kasalligini davolash, diagnostikasi, profilaktikasini takomillashtirishda 50dan ortiq yangi usullarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga ko‘plab, bolalar utimini kamayishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. T. A. Bobomurotov 2005 - 2010 yilllarda TTA tibbiy pedagogika fakulteta dekani, 2010 yildan manaviyat va ma’rifat ishlari prorektori hamda bolalar kasalliklari kafedrasi professori, 2013 yilda xizmat safari asosida TTA Urgench filiala direktor vazifasini bajaruvchi sifatida ishladi hamda ToshTA muassisligidagi “Tibbiyotnoma” ro‘znomasining bosh muharriri bo‘lib ham ish olib bormoqda.Zukko rahbar ( 2005 - 2017) yillar davomida TTL na ToshPMI qoshidagi pediatriya bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tibbiyot sohasi bo‘yicha ekspertidir. Uning rahbarligida 2ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan bo‘lib, yana bitta doktorlik dissertatsiyasi himoyaga tayyor. Jurnal va to‘plamlarda olimning 140 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy ishlari chop etilgan. U 1ta darslik, 2ta monografiya, 5ta pa¬tent muallifidir. Shifokorning 7 ta ratsionalizatorlik taklifi bor. Hozirda murabbiy tomonidan taklif etilgan 10 dan ortiq loyihalar nafaqat tibbiyot akademiyasida, balki respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilmoqda. Turdiqul Akramovich 2012 - 2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, Jizzax va Xorazm viloyati hokimlarining hamda O‘zbekis¬ton Respublikasi mudofa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlangan. Uning faol talabalaridan 6 nafari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni va ”Shuxrat medali” sovrindori, 3 nafari Prezident, Yuzdan ortiq talaba Ibn - Sino stipendiansi bo‘lishdi. Toshkent tibbiyot akademiyasining 1800dan ortiq talabasi yashaydigan 5ta talabalar turar joyi faoliyati ham hamisha murabbiy nazoratida. Talabalar turar joylari zamon talablari darajasida jihozlangan, maxsus kutubxonalar (ARM filiallari) va kutubxonalarda Wi - Fi zona, 17500 ortiq adabiyotlar va 14 turdagi qisqa jurnallar tashkil etdi. Talabalar turar joylari Vazirlar mahkamasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi talabalar turar joylari hovlisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
    Turditsul Bobomurotov oilada 9 farzandning yettinchisi bo‘lib, otasi Akram aka va onasi Qo‘ysin opalarning bag‘rida yayrab o‘sganligi uchun ham o‘z dilbandlari: Dilnozaxon (Tibbiyot akademiyasining tayanch doktoranturasida), Dilshodaxon (shifokor), Nigoraxon (Tibbiyot akademiyasi magistri), Muazzamxon (Tosh yuridik uni¬versitetida assistent) larini turmush o‘rtog‘i Dilbarxon (kollej o‘qituvchisi) bilan yetuk insonlar qilib tarbiyalashdi. Insonlar tanasidagi, ruhiyatidagi va hayotidagi dardini aritishdan katta savob ish yo‘qligini oila a’zolari yaxshi tushunishadi!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10