O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Boborahimov Malikjon Sattorovich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1956 yil 12 iyulda  Farg‘ona viloyati  Rishton  tumanidagi Zohidon  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  O‘rta  maktabni  shu qishloqda  tugallab, 1975 yil Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti o‘zbek tili  va adabiyoti   fakultetiga o‘qishga kirdi. 1978 yilda Navoiy  nomidagi  davlat stipendiyasi  sohibi bo‘ldi. 1979 yili  shu oliy  dargohni bitirib, Rishton tumanidagi 33 - sonli  o‘rta maktabda o‘qituvchilik  faoliyatini boshladi.  1982 yilda   “Kitobsevrlar” jamiyati  Rishton tumani  tashkilotining  ma’sul kotibi   vazifasiga  ishga qabul qilindi. 1986 yilgacha  tumanda  mas’ul  lavozimlarda  faoliyat olib bordi. 1986 - 1990 yillar  davomida  M. Topvoldiyev  qishloq  kengashida  rais vazifasida  ishladi. 
  1991 - 1996 yillar davomida Farg‘ona davlat  universitetida  o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent  lavozimlarida  faoliyat  ko‘rsatdi. 1996 - 2008 yillar  oralig‘ida   universitet kutubxonasi  direktori  lavozimida ishladi. 2008 yildan  hozirga  qadar filologiya  fakulteti  adabiyotshunoslik  kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80