1958 yili Namangan tumani Irvadon qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.1965 yilda Namangan tumanidagi 32 - o‘rta maktabga o‘qishga borgan va shu maktabni 1975 yili oltin medal bilan tamomlagan.
1975 - 1976 yillarda “Ijodkor” jamoa xo‘jaligida agrotexnik vazifasida ishlagan. 1976 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutiga gidromelioratsiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1981 yilda mazkur institutni muvaffaqiyatli tamomlagan.O‘z mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent politexnika instituti Namangan filialida (hozirgi Nam MPI) boshlagan. Bu yerda aspirant, dotsent, dekan muovini, ma’muriy - xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi, xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i, talabalar va litsey - internat o‘quvchilariga umumiy ovqatlanish va savdo, madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri, ma’muriy - xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i, iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha prorektor muovini, bosh muhandis lavozimlarida ishlash bilan birga pedagogik faoliyatini ham davom ettirgan.
1986 — 1989 yillarda qurilish kafedrasida ilmiy izlanuvchi sifatida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borgan.
1985 yildan boshlab professor O. S. Popova (Moskva) va professor L. M. Grigoreva (Moskva) rahbarligida “Keramzitbeton strukturasining hosil bo‘lishida qo‘shimchalarning ahamiyati” mavzusida ilmiy ish olib borgan. 1992 yidda Sankt - Peterburg temir yo‘l transporti muhandislari institutida “Qurilish materiallari va buyumlari” mutaxassisligi bo‘yicha yuqoridagi mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
U o‘zining ish faoliyatida 35 dan ortiq ilmiy - uslubiy qo‘llanmalar yozdi. Hozirgi kunda Toshkent, Moskva, Sankt - Peterburg, Latviya, Litva olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2002 yildan buyon yangi tashkil etilgan Namangan tumani Irvadon iqtisodiyot kasb - hunar kolleji direktori lavozimida ishlab kelmoqda.