Abdusattor G‘afforovich Botirov 1956 - yil 27 - aprelda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Axsi qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1964 - 1974 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi H.X. Niyoziy nomli 24 - o‘rta maktabda o‘qigan.
1974 yili Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetiga o‘qishga kirib, 1979 yili “Mashinasozlik texnologiyasi, metall qirqish stanoklari va asboblari” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1979 - yildan Namangan qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish texnikumida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1982 — 1988 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Bobur nomli jamoa xo‘jaligida muhandis bo‘lib ishlagan.
1989 — 1991 yillarda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan. Shu yillar davomida “Chigit ekish seyalkasi” apparatini takomillashtirish mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. Ilmiy izlanishlari natijalari modulli chigit ekish seyalkasini yaratishda samarali qo‘llanildi.
1992 - yil NamMPIda assistentlik lavozimida ilmiy pedagogik faoliyatini boshlagan.
Ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlagach, 1998 - yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot institutining Ixtisoslashgan kengashida “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
A. G‘. Botirov 25 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.