Botirova Rahima Abdujabborovna 1957 yil 28 fevralda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1974 yil Xaqqulobod shahridagi 1 - o‘rta maktabni tugatgan. 1975 yil Toshkent Politexnika institutining (hozirgi Toshkent Davlat Texnika universiteti) muhandislik qurilish fakultetiga o‘qishga kiradi. 1980 yil ushbu o‘quv dargohini tamomlab, muhandis - quruvchi mutaxassisligiga ega bo‘ladi. U yo‘llanma bilan poytaxtdagi Davlat qishloq - xo‘jalik texnikasi qo‘mitasida muxandis sifatida ish boshlaydi. 1982 — 1985 yillar Samarqand arxitektura - qurilish instituti qoshidagi eksperimental loyihalash markazi muhandisi lavozimida ishlab, zamonaviy bino va inshootlarni loyihalashtirish sirlarini chuqur o‘rganadi. 1985 — 1988 yillar Namangan viloyati Norin tumani kapital qurilish bo‘limining bosh muhandisi, 1988 — 1993 yillar Namangan viloyati “Suvoqova” birlashmasida muhandis, mutaxassislar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. 1993 — 2000 yillar Namangan muhandislik - pedagogika instituti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlab, 2000 yil Toshkent iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda “Ekonomika va statistika” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qildi.
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Botirova Rahima Abdujabborovna Namangan muxandislik - iqtisodiyot instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida viloyat va respublika ravnaqiga xizmat qiluvchi, jahon talablariga javob bera oladigan iqtisodchi, buxgalter, moliyachilarni tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. U institut xotin - qizlar kengashining raisi. Pedagogiq mahorati, kasbiy darajasini oshirish borasida tinimsiz mexnat qilib, o‘z hamkasblari va talabalar orasida munosib obro‘ - e’tibor qozondi.
R. A. Botirova o‘ttizdan ziyod ilmiy - uslubiy ishlar muallifi. Xalkaro, respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ma’ruzalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Shu kunlarda doktorlik ishi ustida izlanishlar olib boryapti.