Nabijon G‘ulomovich Boyboboyev 1957 yil 1 yanvarda Namangan viloyati Pop tumanining Uyg‘ur qishlog‘ida tug‘ilgan.
1974 yilda tumandagi 4 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Toshkent politexnika instituti mexanika fakultetining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirdi va 1979 yilda tamomladi.
Mehnat faoliyatini shu yili O‘zFA Mexanika va inshootlar zilzilabardoshliligi ilmiy - tadqiqot institutining mashina va mexanizmlar nazariyasi laboatoriyasida ilmiy - xodim sifatida boshladi.
1982 — 1985 yillarda Moskvada Butunrossiya qishloq xo‘jalik mashinasozligi ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil olib, 1985 yil “Kartoshka terish mashinalarining saralovchi ishchi qismlarini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsi- yasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1985 — 1988 yillarda Toshkent temir yo‘llar injenerlari institutida dotsent bo‘lib ishladi.
1988 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga keldi. Avval mashina mexanizmlari nazariyasi kafedrasida dotsent, so‘ngra sirtqi bo‘lim dekan muovini, dekani, katta ilmiy xodim va agromuhandislik kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.
1994 yilda Moskvada “Tuproq namligi yetarli bo‘lmagan sharoitlarda kartoshka yetishtirishning samarali texnologiyasi va uni amalga oshirish uchun texnika yaratish muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
N. G‘. Boyboboev ilmiy - pedagogik faoliyati davomida ko‘plab ilmiy maqolalar, ixtirolar, 2 ta monografiya, 20 dan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratdi. Nufuzli ilmiy konferentsiyalarda ma’ruzalar qildi.
Olim 2000 yildan boshlab To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kasb - hunar kollejiga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, u institutdagi ilmiy - pedagogik jarayonda ham faol ishtirok etmoqda.
Samarali mehnatlari uchun unga 2003 yilda “Kasb - hunar ta’limi a’lochisi” unvoni berildi.