O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Boyqo‘ziyev Qo‘chqorboy

Fizika - matematika fanlari nomzodi, professor

   1930 yilda  Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston  tumanida  tavallud topgan. Uning  yoshligi  Ikkinchi  jahon  urushining  og‘ir davriga to‘g‘ri keldi. U o‘qish bilan  birgalikda  jamoa xo‘jaligida  mehnat qildi. Maktabni  tamomlagandan  so‘ng ham oilani  boqish uchun  bir necha  yil  ishlashiga  to‘g‘ri keldi. Nihoyat, 1950 yilda  Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutining  matematika  fakultetiga  o‘qishga  kirib, 1954 yilda tamomladi. Uch yil  maktabda  ishlagach,1957 - 1960 yillarda O‘zR FA  Romanovskiy  nomli  Matematika  institutida I. S. Arjaniyx rahbarligida aspiranturada  o‘qidi va 1962  yilda “Giperbolik  tipdagi  tenglamalar sistemasi uchun aralash masalalar” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini yoqladi. Shu muammo bo‘yicha 40 dan ortiq  ilmiy maqola  va bir  monografiya elon qildi.  
  Q. Boyqo‘ziyev faoliyatining chorak asri Farg‘ona davlat pedagogika instituti bilan bog‘langan. U 1963 - 1971 yillarda matematika fakulteta dekani va kafedra mudiri lavozimlarida, 1971 - 1974 yillarda esa o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishladi. 1974 yilda Muqimiy nomli Qo‘qon davlat pedagogika instituta rektorligiga tayinlandi va bu lavozimda 1989 yilgacha mehnat qildi. So‘ngra hayotining oxirigacha Qo‘qon davlat pedagogika institutining oliy matematika kafedrasida professor bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
  Q.Boyqo‘ziyev o‘zbek tilida nashr qilingan “Differentsial tenglamalar” (Toshkent, “O‘qituvchi”, 1983) nomli o‘quv qo‘llanmaning muallifidir.
  U katta pedagogik tajribaga ega bo‘lgan olim edi. O‘z ish faoliyati davomida yosh ilmiy kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratgan. Uning rahbarligida 2 olim nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Q.Boyqo‘ziyevning sa’y - harakatlari tufayli Farg‘ona matematiklari maktabi dotsentlar - A.Abdurazzoqov, J.Mamajonov, M.M.Mamajonov,M.Mamajonov,K.Rajabov, Sh.Soliyev, I.Nabiyev, N.Sobirov kabi o‘nlab shogirdlari hisobiga kengaydi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5