Boyxonova Azizaxon nomi bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan bu beg‘ubor ayol 1960- yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini ko‘zdan kechirsangiz bu ayolga havasingiz keladi. Mehnat daftarchasini asta varaqlasangiz O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida kutubxonachi, O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasida kotiba, kantselyariya bo‘limi mudiri, O‘zbekiston televizion markazida texnika bo‘limi xodimi, Uchqo‘rg‘on tumani "Jangovar mehnat" gazetasi muxbiri, muharrir o‘rinbosari, Uchqo‘rg‘on tumani hokimligi xotin-qizlar ishi bo‘yicha bosh mutaxassis, Uchqo‘rg‘on tuman "Yorqin hayot" gazetasi bo‘limi mudiri, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi, Uchqo‘rg‘on tuman "Yorqin hayot" gazetasn muharrir o‘rinbosari, hozirda Uchqo‘rg‘on tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri. Aziza qay sohada ishlamasin kamtarligi, samimiyligi bilan xalq nazariga tushdi. Azizani tuman aholisi nihoyatda hurmat qiladi, shu bois bo‘lsa kerak Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga eng ko‘p ovoz bilan nomzodi tasdiqlandi. Bu hurmat e’tibor, ishonchga u osonlikcha erishgani yo‘q. Utkir qalami, insonlarga mehribonligi ortidan qadr topdi. Aziza Boyxonovadagi insoniylik har kimga ham nasib etsin. Uchqo‘rg‘onda uning o‘zidek bekamukust oilasi, tengsiz turmush o‘rtog‘i Qutbiddin aka, Bahriddin, Iroda, Hulkar ismli farzandlari bor. Tumandagilar nafaqat Azizaxon opaning o‘ziga, balki oilasiga ham havas qilishadi. Uchqo‘rg‘onning Azizasi hamisha omon bo‘lsin!