Fizika - matematika fanlari nomzodi
1970 yil 26 dekabrda Rishton shahrida tug‘ilgan. 1987 yilda Rishton tumanidagi 26 - sonli o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan. 1988 yilda Tojikiston Respublikasining Xo‘jand davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan va 1993 yilda mazkur institutni tamomlab, fizika - matematika o‘qituvchisi mutaxassisligiga ega bo‘lgan.
1993 yilda Xo‘jand davlat universtiteti umumiy fizika kafedrasida stajyor - tadqiqotchi, 1994 - 1997 yillarda mazkur universtitet qattiq jismlar fizikasi kafedrasi aspiranti vazifasida ishladi. Shu vaqtda Sankt - Peterburg shahridagi A. F. Ioffe nomidagi Fizika - texnika instituti, Rossiya Fanlar akademiyasida ilmiy safarda bo‘ldi.
1998 yildan 2004 yilgacha A. F. Ioffe nomidagi Fizika - texnika institutida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, 2002 yilda Sankt - Peterburg davlat texnika universitetida nomzodlik dissertatsiyasini (“Povrej - dennost kristallov pri vzrshe gorniyx porod” – “Tog‘ jinslarini portlatishda kristallarning buzilishi” mavzusida) muvaffaqiyatli himoya qildi.
N. Bozorov 2005 - 2007 yillarda Xo‘jand davlat universiteti umumiy fizika va qattiq jismlar kafedrasida o‘qituvchi, 2007 yildan kafedra dotsenti, 2007 - 2008 yillarda fizika - texnika fakultetining ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2008 yilda umumiy fizika va qattiq jismlar kafedrasi mudiri, 2009 - 2012 yillarda nazariy fizika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
2013 yildan Rishton sanoat kasb - hunar kollejida fizika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyatini davom ettirdi. 2016 yil sentyabridan boshlab Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining fizika - matematika fakultetida fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
N. Bozorov 20 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.