Aniq fanlar
Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.
Filologiya
Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.



Gulnora Bozorova deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga ichki madaniyati kuchli, ziyoga tashna, tinib - tinchimaydigan inson keladi. Bilimini hech kimdan ayamaydigan, o‘zi ham doim nelarnidir bilishga oshiqqan inson gavdalanadi. Gulnoraxon 1960 yil 18 iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1977 yili 15 - o‘rta maktabning 10 - sinfini tugatgan. 1997 — 1980 yil- larda Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti savdo iqtisodi fakultetida tahsil olgan. Oliy ta’lim vazirligining yo‘llanmasi bilan qolgan o‘qishni Moskva Xalq xo‘jaligi instituti Umumiqtisod fakultetida davom ettirgan. 1981 yil shu institutni tugallagach, 1 sentyabrdan boshlaboq Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti Andijon filialida metodist bo‘lib ishlay boshladi. Keyinchalik assistent, izlanuvchi - tadqiqotchi lavozimlarini bajargan. Bu vazifalar uni ilm cho‘qqilari sari boshlagan deyish mumkin. Chunki u fanning o‘zi sevgan sohasini chuqurroq tahlil qilishni niyat qilgan. Yaxshi niyat yarim davlat, deydi xalqimiz. Chindan ham niyati yo‘ldosh bo‘ldi. 1989 yilda Sankt - Peterburg Moliya iqtisod universiteti aspiranturasiga qabul qilindi. 1993 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1993 yil apreldan Andijon Iqtisodiyot va boshqaruv instituti iqtisodiy nazariya kafedrasi katta o‘qituvchisi, keyinchalik kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi, kafedra dotsenti bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra Andijon Muxandislik - iqtisodiyot instituti ilmiy bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishladi. 2002 yil 7 yanvarda Gulnora Bozorova andijon Muxandislik - iqtisodiyot instituti Boshqaruv fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.