O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bugayev Viktor Antonovich

    Bugayev Viktor Antonovich (1908.6.10, Smolensk-1974.2.4, Moskva) - meteorolog olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1966), geografiya fanlari doktori (1960), professor (1962). Smolensk universitetining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1930). Oʻzbekiston ob-havo byurosi boshligʻi (1935-1940), Toshkent geofizika rasadxonasida katta ilmiy xodim (1940-1946), direktor (1946-1952), Oʻzbekiston FA Matematika va mexanika instituti direktori (1952-1957). Antarktika ekspeditsiyasi aerometeorologiya guruhi boshligʻi (1958-1959), Sobiq Ittifoq gidrometeorologiya markazi direktori (1966-1973), 1973 yildan Moskva universiteti meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari ob-havoni qisqa va uzoq muddatga oldindan prognozlashning ehtimollik usullari masalalariga bagʻishlangan. Dinamik iqlimshunoslik toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos solgan. Jahon obhavo xizmatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri. AQSH meteorologiya jamiyatining faxriy aʼzosi (1972). Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga Bugayev nomi berilgan (1975).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5