O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Burxonov Akbarjon

Burxonov Akbarjon    Akbarjon Burxonov 1934 - yil 18 - aprelda Namangan shahrida tug‘ilgan.
    1948 - yilda Namangandagi 11 - maktabning 7 - sinfini tugatgan, shu yili Namangan pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirgan va 1952 yilda tamomlab, o‘z ish faoliyatini  Uchqo‘rg‘on tumanidagi 16 - o‘rta maktabda  o‘qituvchilikdan boshlagan.
    1952 - yilda Nizomiy nomidagiToshkent davlat pedagogika institutida (hozirgi NamDU) ishlay boshladi.
    1957 — 1997 yillar davomida mazkur oliy ta’lim muassasasida laborant, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
    1979 - yilda “O‘zbekiston tarixi materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.
    1989 - yilda pedagogika va psixologiya bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.
    1997 - yildan hozirga qadar Namangan muhandislik - pedagogika institutining pedagogika va pedagogik texnologiyalar kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
    A. Burxonov o‘z faoliyatida 40 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy maqolalarni chop ettirgan.
    1996 – yilda professor A. Munavvarov tahriri ostida chiqarilgan “Pedagogika” darsligiga hammualliflik qildi.
    2003 yilda katta o‘qituvchi R. Mamanazarov bilan ham mualliflikda “O‘qituvchi salohiyati — barkamollik negizi” nomli o‘quv qo‘llanmasini chop ettirdi. Shuningdek, u “Psixologiya” (I, II qism), “Kasb ta’limi psixologiyasi”, “Mutaxassislik psixologiyasi”, “Pedagogik va ijtimoiy psixologiya”, “Psixologiya”, “Psixologiya masalalari” kabi ma’ruza matnlarini tayyorlab, o‘quv jarayoniga tadbiq etgan.
    A. Burxonov o‘z faoliyati davomida mintaqa, respublika va xorijiy davlatlarda ilmiy - amaliy anjumanlarda faol ishtirok etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5