O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich

Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich    Sarvarxon Munavvarxonovich Buzrukxonov 1969 yil 29 aprelda Namangan viloyatining Chust shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan.
    1976 - 1986 yillarda Chust shahridagi 1 - o‘rta maktabda o‘qigan.
    1986 yilda Toshkent moliya  institutining “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligiga o‘qishga kirib, uni 1993 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan va iqtisodchi ixtisosligini egallagan.
    O‘z mehnat faoliyatini 1993 yilda  Chust tumani jamoa xo‘jaliklari kengashining rais muovini lavozimida boshlagan.
    1994 - 1998 yillarda Namangan sanoat - texnologiya instituti (hozirgi NamMPN) aspiranturasida tahsil olgan.
    1996 yildan xozirgi kunga qadar menejment kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    2002 yilda institut aspiranturasini tugatgan aspirantlar orasida birinchi bo‘lib taniqli iqtisodchi olim, iqtisod fanlari doktori, professor T. Ergashev rahbarligida O‘zbekiston Bozor islohotlari ilmiy tekshirish institutidagi Ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida   xususiy mulkchilikka asoslangan qishloq xujaligi korxonalarini rivojlantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    2000 - 2001 yillarda “Yevroaziya” fondining TOO- 0192 “Menejment mutaxassisligi magistrlari uchun o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari yaratish” mavzusidagi 26954 AQSh dollarlik grant loyihasini bajarishda qatnashgan.
    2003 yil iyun oyida Germaniyaning Potsdam shahrida o‘tkazilgan Xalqaro konferentsiyada ishtirok etgan.
    Yevropa komissiyasining TYeMPUS o‘quv dasturi bo‘yicha Yevropa qo‘shma loyihasida qatnashib, 2003 yilning oktyabr oyida Avstriyaning Vena texnologiya universitetida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha malaka oshirgan.
    Hozirgi kunda “Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
    20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Shundan 2 ta ilmiy maqolasi Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisod instituti ilmiy ishlar to‘plamida chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5