Muhammadjon G‘ulomqodirovich Dadamirzayev 1970 yil 3 martda Namangan tumani Xonobod qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1977 yili Namangan tumanidagi 27 - o‘rta maktabga o‘qishga kirib,uni 1987 yilda imtiyozli bitirib, shu yili Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1993 yili universitetning fizika fakultetini yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha tamomladi. O‘qishni tugatgach, Namangan davlat unersitetiga ishga qabul qilindi. U yerda 1999 yilgacha stajer - tadqiqotchi, aspirant, muhandis bo‘lib ishladi.
1999 yildan Namangan muhandislik - pedagogika institutiga ishga o‘tdi. 1999 - 2000 yillarda laboratoriya mudiri, 2001 yildan esa katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
2002 yil nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
M. G‘. Dadamirzayevning ilmiy ishlari issiq elektron sharoitida elektrofizik hodisalarga, shuningdek yarimo‘tkazgichli asboblarda fotoelektrik hodisalarga bag‘ishlangan bo‘lib, kuchli elektromagnit maydonlarda ishlaydigan yarimo‘tkazgichli asboblarning mukammal nazariyasini yaratishda, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasida muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. U Respublika fan va texnologiyalar markazining “Yarimo‘tkazgichlarda elektr yurituvchi kuchlar paydo bo‘lishining yangi mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha grant ijrochilari safida ishlamoqda. Chet el va MDH mamlakatlarining yetuk mutaxassislari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.
M. G‘. Dadamirzayevning 20 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy maqola va risolalari chop etilgan.