O‘zining ilmiy salohiyati, pedagogik qobilyati, rahbarlik mahoratlarini o‘zida birdek jam qila olgan qalbi olov olimalardan biri O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi Dalimova Nilufar Melibayevnadir.
Olima 30 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar, shu jumladan 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv dastur muallifi.
Uning rahbarligida yaratilgan ishchi o‘quv dasturlar, o‘quv - uslubiy majmualar elektron shaklda talabalar foydalanishi uchun universitet portalida joylashtirilgan.
U kafedra professor - o‘qituvchilarining tajriba oshirishiga, xorijiy tillarni va informatsion - kommunikatsion texnologiyalarni o‘rganishiga katta e’tibor qaratadi. So‘nggi yillarda kafedraning 8 nafar o‘qituvchisi chet tili va axborot texnologiyalari fanlaridan tajriba oshirdilar va sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Nilufar Dalimova fakultetda “Iqtidorli talabalar” bilan ishlash bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. Iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb etish maqsadida fakultetda ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda, iqtidorli talabalar soni oshdi. U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, “Kamolot” YoIH hamkorligida 2013 yil aprel oyida o‘tkazilgan “Intellektual salohiyatli yoshlar O‘zbekiston tarakqiyotining poydevori” hamda 2014 yil aprel oyida o‘tkazilgan “XXI asr - intellektual avlod asri” mavzusidagi yosh olimlar konferentsiyasini o‘tkazish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi hamda ushbu konferentsiyani o‘tkazishdagi faolligi uchun Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan faxriy yorliq bilan mukofotlangan.
Kafedrada “Pedagogika fani va ilmiy tadqiqotlar” ilmiy to‘garagi faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garak tarkibida 30 nafar talaba bor. To‘garakning asosiy maqsadi talabalarning nazariy va amaliy pedagogik bilimlarini oshirish, tadqiqot materiallaridan xabardor qilish, mustaqil ravishda tadqiqotlar olib borish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. To‘garak a’zolarining maqolalari muntazam ravishda konferentsiyalarda yoritib boriladi.
Nilufar Dalimova rahbarligida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash bo‘yicha talabalar bilim va ko‘nikmalari darajasini oshirish maqsadida yuqori tajribali mutaxassislar tayyorlashning muhim majmui - pedagogik amaliyotning mazmuni takomillashtirildi. Pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatga qobiliyatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha shartnomalarni imzolash maqsadida uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining moddiy - texnik ta’minoti o‘rganib chiqildi. Pedagogik amaliyotni reja asosida, intizomli o‘tkazish maqsadida kafedra o‘qituvchilarining mas’uliyati oshirildi.
Magistraturaning o‘quv - me’yoriy hujjatlarini takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan. DTS, fanlar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar magistrantlarning ilmiy - tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratilganligini hisobga olgan holda ko‘rib chiqildi.
Uning rahbarligida hamkorlik asosida akademik litsey va kasb - hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “mahorat maktabi” doirasida ma’ruzalar tashkil etilgan.
Nilufar Dalimova tomonidan kafedrani davlat attestatsiyasidan o‘tishga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi, natijada kafedra attestatsiyasidan o‘tdi.
U talabchan va qat’iyatli rahbar sifatida mehnat intizomiga amal qilishga e’tibor qiladi. Ta’lim tizimining tashkiliy ishlari, boshqarish va masalalarini yechish bo‘yicha katta tajribaga ega. U irodali, tashabbuskor, harakatchan pedagog, olima sifatida hurmat qozongan.
Nilufarxon oilali, uch farzandning onasi.
O‘zining ilmiy salohiyati, pedagogik qobilyati , rahbarlik mahoratlarini o‘zida birdek jam qila olgan qalbi olov olimalardan biri O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi Dalimova Nilufar Melibayevnadir.