O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Daminov Jakbarali Abdivaliyevich

Daminov Jakbarali Abdivaliyevich    Jakbarali Abdivaliyevich Daminov 1959 - yil 10 - avgustda  Namangan viloyati  Namangan tumani Qoratepa qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.
    1967 - 1977 yillarda  tumandagi 26 - o‘rta maktabda o‘qigan. Shu yili   Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirib, 1982 - yilda  tamomladi va mazkur institutning  Namangan filialiga ishga keldi. 1990 yilgacha   assistent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
    1990 — 1993 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti qoshidagi aspiranturaning kunduzgi bo‘limida tahsil oldi.
    1994 - yil yuqorida ko‘rsatilgan institut qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1994 - yilda yo‘llanma bilan Namangan muhandislik - pedagogika institutiga ishga yuborildi. Bu yerda u dastlab katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent vazifasini bajaruvchi va dotsent lavozimida ishdab kelmoqda. J. A. Daminovdagi tashkilotchilik, yoshlarga g‘amxo‘rlik fazilatlarini ilg‘agan institut rahbariyati uni qurilish fakulteti dekani o‘rinbosarligiga tayinladi.
    J. A. Daminov pedagogik, ilmiy va rahbarlik faoliyatlarini uyg‘un holda olib borishi natijasida ko‘plab ijobiy natijalarg‘a erishmoqda. U 20 dan ziyod ilmiy maqola, 12 ta uslubiy ishlar muallifidir.
    Bundan tashqari J. A. Daminov ilmiy izlanishlari natijalari bo‘yicha tayyorlangan ma’ruzalar bilan xalqaro va respublika miqyosidagi hamda mintaqaviy ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
    Olim ayni kunlarda doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5