O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Dariyev Abdurashid Sodiqovich

Dariyev Abdurashid  SodiqovichBiologiya fanlari  doktori, professor

     1934 yil 29 dekabrda  Toshkent viloyatining  Qibray tumanida  tavallud topgan. 1955 yilda Sankt - Peterburg  universitetiga  o‘qishga  kirgan, 1960 yili biologiya va tuproqshunoslik   fakultetini  muvaffaqiyatli tamomlab, mazkur  o‘quv yurtining  aspiranturasida  o‘qishni  davom  ettirgan.
    1964 yilda “G‘o‘zaning bazi turlari , urug‘lari  va maysaning  tuzilishi” mavzuidagi  nomzodlik , 1980 yilda esa  “Gulxayridoshlar  va baobabdoshlar  oilalaridagi g‘o‘za  va unga  qarindosh  bo‘lgan  turkumlar  sistematikasi  va  evolyutsiyasi” mavzusidagi  doktorlik  dissertatsiyalarini  muvaffaqiyatli  yoqlagan, shu bilan birga, 1990 yilda  erishgan  yutuqlari  uchun professor  unvoni  bilan  taqdirlangan.
    1963 - 1985 yillarda O‘zR FA  O‘simliklar eksperimental biologiyasi  ilmiy - tekshirish institutida katta ilmiy xodim, so‘ng  o‘simliklar  anatomiyasi va  morfologiyasi  laboratoriyasi  mudiri  lavozimlarida  faoliyat olib borgan.
    A.S. Dariyev uzoq yillar  davomida  olib  borgan  anatomik va marfologik  tadqiqotlariga  asoslanib, avval  chegarasi  aniq  bo‘lmagan   gulxayridoshlar  va  baobabdoshlar  oilalarini aniqlab bergan.  G‘o‘za  navlarining  viltga  chidamlilik    darajasini  aniqlashning   ekspress  uslubini  ishlab chiqqan. U ilmiy - tadqiqot  faoliyati davomida 9 nafar  tadqiqotchining nomzodlik  dissertatsiyasiga  ilmiy rahbarlik   qilgan. 1990 - 2008 yillar  davomida  FarDU  botanika  va biologiya  o‘qitish  uslubiyoti  kafedrasi  professori  lavozimida  ishladi.
    U 80 dan ortiq  ilmiy maqolalar  , uslubiy   qo‘llanmalar   muallifi , “Xlopchatnik”, “Atlas-spravochnik   xlopchatnika” singari  asarlar  muallifi  va  hammualifidir .
    2008 yildan  umrining  oxiriga  qadar  Andijon davlat  universiteti  botanika kafedrasida faoliyat olib borgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5