1966 yil 25 oktyabrda Farg‘ona viloyati Quva tumani Yangichek qishlog‘ida tavallud topgan. 1973 - 1983 yillarda Quva tumanidagi 6 - umumtalim maktabida o‘qigan. 1988 - 1993 yillari Toshkent davlat universiteti biologiya fakultetida , 1993 - 1996 yillar davomida universitet qoshidagi aspiranturada tahsil olgan.
1996 - 1999 yillarda genetika va eksperimental biologiya institutida ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy - tadqiqot institutida “Biologiya tsvetniya i plodonosheniya Amaranthus cruentus. L.U. A. hybridus v usloviyax Uzbekistane” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
2001 yilda Farg‘ona davlat universiteti tibbiyot fakulteti botanika kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. Universitetda o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, gerbariy bo‘lmi mudiri, universitet issiqxonasi mudiri lavozimlarida , shuningdek, 2012 yildan boshlab umumiy ekologiya va botanika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
M. Davidov tomonidan 3 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy ko‘rsatma, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek, xalqaro, respublika va universitet miqyosidagi o‘tkazilib kelinayotgan anjumanlarda 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. U “Qishloq xo‘jalik ekologiyasi” fanidan darslik chop ettiish arafasida, shuningdek, “O‘simliklar embriologiyasi” nomli o‘quv - qo‘llanmasi tahrirdan o‘tkazilib, nashrga taqdim etilmoqda.
Hozirgi kunda M. Davidov rahbarligida kafedrada tashkil etilgan innovatsion hamkorlik doirasida bir qancha oliy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.